Pinyín (, pīnyīn; rasmiy: , Hànyǔ pīnyīn, Hanyuy pinyin, yaʼni „Xitoy tili tovushlarini yozish“) — putunxua uchun romanlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy maqomga ega. Pinyin 1958-yilda qabul qilingan boʻlib, uning muallifi Chjou Youguang hisoblanadi. 1979-yildan pinyin butun dunyoda XXRdagi nomlarni lotinchaga oʻgirishning rasmiy vositasi sifatida qoʻllanadi. U avval mavjud boʻlgan Ueyld — Jaylz va chjuin transkripsiyalarining oʻrnini bosdi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) pinyinni xalqaro standart sifatida 1982 yilda qabul qildi. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 1986-yilda qabul qildi.
2009-yil 1-yanvardan pinyin Tayvanda rasmiy romanlashtirish standartiga aylandi. Lekin undan taʼlim yoki kompyuterda kiritish uchun emas, xalqaro tadbirlarda foydalaniladi . Ammo Tayvandagi baʼzi shaharlar, korxona va tashkilotlar (asosan Tayvan janubida) bu oʻzgarishni qabul qilishmadi, ular „Pinyin — XXR bilan yaqin aloqalar vositasi boʻlishi boʻlishi mumkin“, deb hisoblashdi. Shu sabab Tayvanda pinyindan boshqa romanlashtirish tizimlari saqlanib qoldi. „Hanyuy“ () soʻzi „Xan xalqining ogʻzaki tili“ degan maʼnoni anglatsa, „Pinyin“ () soʻzma-soʻz tarjimada „yozilgan tovushlar“ deganidir.The online version of the canonical Guoyu Cidian () defines this term as: 'a system of symbols for notation of the sounds of words, rather than for their meanings, that is sufficient to accurately record some languageʼ. See this entry online. Retrieved 14-sentyabr 2012-yil.
Pinyinda lotin alifbosining V belgisidan tashqari qolgan barcha belgilari ishtirok etadi, ularga Ü (u-umlyaut qoʻshilgan; kompyuterda yozishda V belgisi oʻrniga Ü belgisini ishlatish mumkin). Pinyinda tovushlarni belgilash uchun diakritik belgilardan foydalaniladi. Ulardan asosan oʻquv adabiyotlarida foydalaniladi. Lugʻatlarda pinyinda yozilgan soʻz oxirida tovush raqami qoʻyiladi, masalan: dong2 yoki dong² (= dóng).
Shenlar yozilishi Pinyin boʻyicha Xitoy adabiy tilida shenlar (initsiallar, soʻz boshidagi undoshlar) yozilishi quyidagi jadvalda koʻrib chiqiladi. Har bir katakning birinchi qatorida Xalqaro fonetik alifbo tizimi boʻyicha, ikkinchi qatorda — pinyin boʻyicha, uchinchi qatorda — oʻzbek lotin alifbosidagi koʻrinishi berilgan (ayrim tovushlarni aniq ifodalash uchun oʻzbek kirill alifbosidan ham foydalanildi).
Lab undoshlariAlveolyar undoshlarRetrofleks undoshlarPalatal undoshlarVelyar undoshlar Portlovchi undoshlarb bp pd dt tg gk k Burun undoshlarim mn n Affrikatlarz tsz (sz)c ts (s)zh chjch chj tszʼ [sz()]Bundan keyingi undosh — ya/yu/ye.q tsʼ [s()] Frikativ undoshlarf fs ssh shx sʼ [s()]h x Approksimantlar "w" harfi shen (initsial) yoki soʻnggi boʻgʻinning boshi boʻla oladi va [] yoki [] kabi talaffuz etiladi.w vul l fonetik jihatdan [] (jarangli retrofleks spirant) boʻla oladi. Bu xitoy tilida gaplashuvchilar orasidagi individual farq hisoblanadi va ikki turli fonema borligini anglatmaydi.r j („ajdar“ soʻzidagi) "u" harfi shen (initsial) yoki soʻnggi boʻgʻinning boshi boʻla oladi va [] yoki [] kabi talaffuz etiladi.y ya/yu/ye Oʻzidan keyingi unliga qarab oʻzgaradi.
Tovushlarni belgilash right|thumb|180px|Tovushlar oʻtrasidagi farqlar Birinchi tovush (normal yoki baland tovush) unli harf ustidagi makron (ˉ) bilan belgilanadi:
Ikkinchi tovush (balandlagan tovush) akut (´) bilan belgilanadi:
Uchinchi tovush (past tovush) gachek (ˇ) bilan belgilanadi:
Toʻrtinchi tovush (pastlagan tovush) gravis (`) bilan belgilanadi:
Beshinchi tovush (neytral tovush) hech qanday ustki belgiga ega emas:
Manbalar
Turkum:ISO standartlari