Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSҖ, Tatarstan; , , ) — Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻlgan avtonom respublika.

Geografiyasi TASSR hozirgi Tatariston hududida oʻrnashgan boʻlgan.

TASSR tarkibida kirgan yerlar (%): Inqilobdan oldingi maʼmuriy birligi↓/Yil→19201921192219231924Qozon guberniyasining Zoʻya uyezdi100100989898Qozon guberniyasining Qozon uyezdi100100100100100Qozon guberniyasining Layesh uyezdi100100100100100Qozon guberniyasining Mamadish uyezdi100100100100100Qozon guberniyasining Tetesh uyezdi100100878787Qozon guberniyasining Shar uyezdi44555Qozon guberniyasining Shistay uyezdi100100959595Qozon guberniyasining Shuyel uyezdi00666Qozon guberniyasining Ispas uyezdi100100868686Vyatka guberniyasining Alabuga uyezdi1043424242Vyatka guberniyasining Malmij uyezdi99999Vyatka guberniyasining Sarapul uyezdi03333Samara guberniyasining Boʻgelme uyezdi7070757575Ufa guberniyasining Minzele uyezdi100100100100100Sibir guberniyasining Bua uyezdi5353414141Simbir guberniyasi Sibir uyezdi88888

Tarix 1920-yilning martida Vladimir Lenin Moskva kremilida Borhan Mansurov, Sexibgerey Seitgʻaliyev ham boshqalar bilan Tatariston respublikasi tashkil qilish masalasi toʻgʻrisida fikrlashganlar.

TASSR Butun Rossiya markaziy boshqarma komiteti va RSFSR Xalq Komissarlar soveti qarori bilan 1920-yilning 27-mayida eʼlon etilgan.

1990-yilning 30-avgustida TASSR Yuqori Sovet „Tataristonning davlatr suverniteti toʻgʻrisida“ deklaratsiyasini qabul etdi va TASSR nomini Tatariston Sovet Sotsialistik Respublikasi — Tatariston Respublikasi nomiga oʻzgartirdilar. 1991-yilning 24-mayinda RSFSR xalq deputatlari majlisida bu nomni qabul qildilar va RSFSR Asosiy qonuniga tegishli oʻzgartirishlarni kiritdilarhttp://constitution.garant.ru/history/ussr-rsfsr/1978/zakony/183124/.

Idora-yer tuzilishi Eng boshida TASSR oʻn kantonga boʻlingan boʻlgan. Archa, Boʻgelme, Bua, Layesh, Mamadish, Minzele, Zoʻya, Ispas, Tetesh va Chistay. 1921-yilda yana uch kanton (Allabuga, Egerje va Challi) tashkil etilgan.

1924-yildan kantonlarni yoʻqga chiqarish va rayonlar bilan almashtirish jarayoni boshlangan, bu 1930-yilning 23-iyulida tugatilgan.

1940-yillar oʻrtasiga qadar rayonlar soni orta boshlangan; masalan 1948-yilda TASSR 70 rayonga va 3 respublika qaramogʻidagi shaharga boʻlingan

1950-yillar boshida Tatarston ham Boshqird MSSRining viloyatlarga boʻlish rejasi turmushga oshirila boshlandi. 1952-yilning 8-mayida TASSR ichida ikki viloyat (Qozon va Chistay) uyushtirilgan. 1953-yilning 21-fevralida Boʻgelme viloyati paydo boʻladi. Lekin Stalin oʻlimidan soʻng bu reja toʻxtatilgan ham 1953-yilning 30-aprelida barcha viloyatlar yoʻq qilindi. Bundan soʻng ham 1963-yilga qadar rayonlarni kattalash jarayoni olib borilgan.

Yana qarang Qozon viloyati Chistay viloyati Boʻgelme viloyati Tatariston

Havolalar 1920-yilning 27-mayidagi Avtonom Tatariston Sotsialistik Sovet Respublikasi toʻgʻrisida Butun Rossiya Markaziy Boshqarma Komiteti va Xalq Komissarlari Sovet dekreti

Manbalar

Turkum:Sovet Sotsialistik Respublikalar