Kelagʻayi ipakdan toʻqilgan toʻrtburchak shakldagi milliy Ozarbayjon roʻmolidir. Ozarbayjonning gʻarbiy tomonida kelagʻayini baʻzan charkat deb ham atashadi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Ozarbayjonning anʻanaviy kelagʻayichilik markazlari baʻzi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy sabablarga koʻra, ayniqsa, Rossiyadan kirib kelgan arzon fabrika mollarining mahalliy korxona mahsulotlarini siqib chiqarishi natijasida ularga ehtiyoj pasaydi va kelagʻayichilik astasekin isteʼmoldan qola boshladi. Endilikda faqatgina ikki markazda — Bosqol va Ganjada yigʻilmoqda. 2014-yilda kelagʻayi UNECKOning nomoddiy-madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.

Kirish Ozarbayjon ipagi tarixi ikki ming yildan ortiq vaqtni tashkil etadi. Arxeologik va etnografik tadqiqotlar buni bevosita va bilvosita tasdiqlaydi. Ikki era boʻsagʻasida Yevropa ipagiga boʻlgan Sharq va Gʻarbning ehtiyoji hozirgi Ozarbayjon hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻlining yuzaga kelishiga turtki boʻldi. Geografik jihatdan iqlim sharoitlari Ozarbayjonni bir necha asrlar mobaynida dunyo ipakchilik markazlaridan biriga aylantirdi. Bu yerda oʻstirilgan ipak qurti pillasi aʼlo sifati bilan ajralib turadi, natijada ulardan olingan ipak ipi, ipak mato va ulardan tayyorlangan mahsulotlar tillarga tushgan. Ularning shuhrati oʻsha zamonlardayoq Ozarbayjondan ancha uzoqlarga yetib bordi. Bu haqda qadimgi manbalarda maʼlumot beriladi. Oʻrta asrlarda yevropalik va sharqlik sayyohlar bu haqida koʻp va xoʻp yozishgan. Turli davrlarda ozarbayjon shoirlari ipakni insonning eng yaxshi sifatlari bilan qiyoslab sheʼrlar yaratganlar.

Kelagʻayi ishlab chiqarish jarayoni unsurlari, mehnat qurollari, shu jumladan, eng eski qolip (galib)lar, yogʻochdan yasalgan toʻqish dastgohi va boshqalar aniqlandi. Bu va boshqa koʻplab materiallar xususiy kelagʻayi muzeyini tashkil etish uchun asos boʻldi. Ammo, maʼlumki, muzey tashkil etish borasidagi dunyo amaliyotida ipakka juda kam eʼtibor ajratilgan. Bu esa hozirgi zamon muzey anʼanalarini hisobga olgan holda muzey konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etdi va u Yevropa taraqqiyot banki koʻmagida amalga oshirildi. Bu jarayonda mashhur Ozarbayjon sanʼatshunosi akademik Rasim Efendiyev va sanʼatshunoslik sohasida falsafa doktori Toʻgʻrul Efendiyevlarning ishtiroki katta boʻldi.Hozirgi paytda muzey kelagʻayi tayyorlaydigan ustaxona bilan birga yagona interaktiv makon yaratgan holda Baskal Ipak markazining tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritmoqda. Tomoshabinlar bu makonga kirgach, kelagʻayi anʼanaviy hunarmandchiligining ishlab chiqarish muhitini his etadilar, Ozarbayjondagi ipak va kelagʻayi toʻgʻrisida tarixiy maʼlumotga ega boʻladilar, azaliy ustalar avlodi — kelagʻayichilar bilan tanisha dilar. Ular kelagʻayining zamonaviy libosda ishlatili-shining cheksiz imkoniyatlarini, eng asosiysi, ularga oʻzlari uchun qoʻl ostida mavjud turli qolip (galip)lardan foydalangan va yangi kompozitsiya yaratgan holda shunday roʻmol 6tayyorlash imkoni beriladi. Ozarbayjonda kelagʻayi ishlab chiqarishga va Baskaldagi „Kelagʻayi“ Ipak muzeyiga atalgan materiallar koʻplab jurnallarda uchraydi. Bular orasida:

„Baku“ (Moskva, 2009,2010), „World of Azerbaijan“ (Baku, 2005), „Yol“ (Baku,2007), „novie berega“ (Moskva, 2008), „Passage“ (Baku, 2004, 2010) va boshqa jurnallar bor. Kelagʻayi haqdagi maʼlumotlar Wikipediada, Indoneziya gazetasi „The Jakarta post“ (2010) esa batik usuli toʻgʻrisida va Baskalda olib borilayotgan ishlarni ham qoʻshib keng material bergan. Buning samarasi oʻlaroq Ozarbayjon jahonning bu texnikadan asrlar davomida foydalanayotgan 11 mamlakati qatoridan oʻrin oldi.

Kelagʻayi tarixi

Kelagʻayi tarixi asrlarga tutashgan boʻlib, yillar mobaynida ipakchilik mahsuloti sifatida mashhur boʻlib kelgan. Uning tarixi Buyuk Ipak yoʻlidagi shimol va janub, sharq va gʻarbni birlashtirib turadigan Ozarbayjon ipakchilik tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Tarixiy dalillar Ozarbayjonda ipakchilik bilan ikki ming yil mobaynida shugʻullanganligini tasdiqlaydi. Qadimgi davrdan beri bu yerda pilla yetishtirib, in gichka va sifatli ipak tolalar olingan. Ulardan ajoyib matolar toʻqilib, chiroyi va nafisligi boʻyicha tengi yoʻq mahsulotlar tayyorlangan.

Bu haqda maʼlumotlar antik manbalarda ham mavjud. Ozarbayjonga kelgan oʻrta asr sayohatchilari Al-Istaxri va Al-Mukaddasi (X asr), Marko Polo (XIII asr) yoʻl yozuvlarida ipak va undan tikilgan mahsulotlar haqida ayrim maʼlumotlarni yozib qoldirganlar. Ipakshunos olim Evliya Chelebi (XVII asr) ipakni Naxichevan viloyatida ham foydalanilganini taʼkidlagan. Uning yozishicha: „Uzumzor va bogʻlar oʻrnida tutzorlar barpo etilib, mislsiz ipak ishlab chiqarilgan. Faqatgina Shirvon viloyatlaridan biri Maxmudobodning oʻzidagina mingta tuyaga ortiladigan ipak ishlab chiqarilgan“.Turli tarixiy davrlarda va hatto inqirozli yillarda ham Shemaxa ipakchilik markazi boʻlib qolaverdi.

XIX asrning elliginchi yillarida „Kavkaz“ gazetasi shunday yozgan: „Shemaxa guberniyasidan Moskvaga hamda Rossiyaning boshqa guberniyalariga va hatto xorij mamlakatlariga ham 29 ming pud ipak va ipak mahsulotlari yuborilyapti. Bundan tashqari mahalliy aholi ipak va turli xil ipak matoli kiyimlardan keng foydalanadi“. Rus havaskor rassomi, sanʼat tadqiqotchisi, Imperator Janobi Oliylari saroyi obergofmeysteri, Imperator Sanʼat akademiyasi vitse-prezidenti Shirvan (Shemaxa) da boʻlib kelgan G.G. Gagarin rasmlari buni yaqqol isbot qilib beradi. A. Sumbatzade bergan maʼlumotga koʻra, Shirvonda qadimdan ipakchilik ustaxonalari boʻlishiga qaramay, ipak yigirish ishi hech qachon sanoat — fabrika, zavodda ishlab chiqarish darajasigacha rivojlanmagan. Ustaxonalar soni 650 taga yetib, ular hunarmandchilik ustaxonasi darajasida boʻlgan. U yerda toʻqish va ipakka ishlov berish bilan shugʻullanishgan. Eng ommalashgan mahsulotlardan biri kelagʻayi boʻlgan.

Kelagʻayilar Shirvonning Shemaxa, Baskal, Myudju kabi shahar va qishloqlarida, Boku (Apsheron), Sheki, Ganja, Qorabogʻ, Kuba, Naxichevan (Ordubad) hamda Tabrizda ishlab chiqarilgan. Barda va Ganja kabi shaharlar esa, oʻrta asrlarda va undan ham ilgari ipak va albatta, kelagʻayi savdosi markazlari hisoblangan.

Ipakchilik Ozarbayjon etnik madaniyatiga shu qadar uzviy va mustahkam ravishda kirib bordiki, ozarbayjonliklar qayerda yashamasin, ipakchilik bilan muntazam shugʻullana boshladilar.Ular boshqa mamlakatlarga koʻchib borishganda ham, pilladan ipak olish, shuningdek, turli xil ipak mahsulotlarini tayyorlash bilan ipakchilik madaniyatini ham olib kirish di. Shu bilan birga ular oʻzlarining etnomadaniy, maishiy va estetik ehtiyojlarini ham qondirish maqsadida mustahkam, yengil va rangdor ipak matolar ishlab chiqarishgan. Ular orasida ayollar bosh roʻmoli hisoblangan kelagʻayi ipagi alohida oʻrin egallagan.

Ipak kelagʻayilar koʻp qoʻllangan va turmushda uning oʻrnini hech narsa bosa olmagan. Kichik ustaxonalarda qoʻlda yaratilgan kelagʻayi oʻzining goʻzalligi va matoning sifati bilan ajralib turgan. Bu bilan oilaning barcha aʼzolari shugʻullangan va tabiiyki, boʻyash, naqsh berish sirlarini saqlashgan. Bu borada mohirlikning yuqori choʻqqilariga erishishganlar. Ozarbayjon ipak mahsulotlari, xususan, individual ijod hosili boʻlgan betakror kelagʻayilar XIX — XX asrlarda oʻtkazilgan jahon koʻrgazmalarida alohida taʼkidlangani bejiz emas. Bugungi kunda ham 100 yil oldin yaratilgan kelagʻayiga qarab uni kim va qayerda yaratganini aytib berish mumkin. Ustalar orasida kelagʻayichilarni alohida ajratib, ularga hurmat bilan qarashgan.

2006-yilda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Haydarovich Aliyev Shemaxadagi kichik korxonalar tomonidan ishlab chi qa riladigan mahsulotlar koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. DJ. Tariverdiyev „Inkishof“ NPO, „DJahongir T“ korxonasi, Baskal va Shekidagi Ipak Markazlari vakili sifatida namoyish etilgan kelagʻayilar haqida soʻzlab berdi va amalga oshirilgan ishlar haqidagi — „Beslesen ipek olar“ kitobini topshirdi. Prezident tomonidan bajarilgan ishlarga nisbatan bergan ijobiy bahosi barchani ruhlantirdi va tadqiqot ishini chuqurlashtirishga hamda kelagʻayi ishlab chiqarilishini kelgusida rivojlantirishga koʻmaklashdi. 8 yildan soʻng, kelagʻayi ramzi, uni yaratish va taqish anʼanalari insoniyatning nomoddiy, madaniy merosi roʻyxatiga (UNESCKO, Parij, 24-28.10.2014) kiritildi.

Kelagʻayi nima?

Bugungi kunda va azaldan ayollar boshini yoki butun tanasini yopadigan roʻmol va kiyimlar dunyoda juda koʻpdir. Ozarbayjonda ham ularning bir necha turi mavjud. Bu — orpek, shal, chorshab, chadra, kelagʻayidir. Ularni oʻzaro taqqoslab, bizni qiziqtirayotgan kelagʻayining kerakli va yetarlicha xususiyatlarini aniqlash mumkin va uni boshqa roʻmollardan ajratish imkonini beradi. Birinchidan bu — mato. Kelagʻayi tabiiy ipakdan va qadimda „kelagʻayi ipeyi“ — kelagʻayi ipagi deb nomlanadigan, 2-3 ipak toladan tashkil topgan, buralgan, boʻyalmagan yigirilgan ipli muayyan turdan tayyorlanishi kerak. Bu matoning zichligi past — 28-30 sm boʻlishi kerak. Ikkinchidan bu — shakl: kelagʻayi toʻrtburchak, yaxlit matodan tikilgan boʻlishi kerak. Keyingisi bu — oʻlcham: kelagʻayi katta boʻlishi kerak, 140-160 sm, u ayol qomatini butunlay yopmasligi kerak. Undan hosil boʻlgan qismi — „bolme“ — kelagʻayining ¼ qismi hisoblanadi. Undan soʻng rangi: yozilmagan anʼanalarga koʻra kelagʻayi butunlay boʻyaladi yoki maydonini oq rangda qoldirib, faqatgina chekka qismida naqshlari (bordyur) boʻyaladi. Soʻng naqsh berish: kelagʻayi naqshlari Ozarbayjonda „basmanaxish“, dunyoda esa „issiq batik“ texnikasi deb nom olgan maʼlum bir texnikada bajarilishi shart.

Naqsh faqat chekkalariga yoki butun kelagʻayiga chiziladi. Va nihoyat, foydalanish — ijtimoiy vazifalari: kelagʻayini asrlar davomida ham, kundalik ham bironbir tadbirlarga — toʻy, bola tugʻilishi, motam, bayram va hokazo larda taqishgan. Har bir holatga, uning xarakteri va mazmuniga koʻra kelagʻayini taqish boʻyicha aniq qoidalari boʻlgan. Kelagʻayining rangi va yoki ranglar uygʻunligi, naqsh turi, kompozitsiya turi, bogʻlanish usuli va uni taqqan ayol yoshi hisobga olingan. Shu bilan birga kelagʻayi ijtimoiy xilma xillikni tenglashtirgan — boy va kambagʻal ayollar kelagʻayida birbiridan farqlanmagan. Kelagʻayining yuqorida koʻrsatilgan xususiyatlari alohida olganda boshqa roʻmollarga ham taalluqli. „Orpek“ xuddi kelagʻayi singari toʻrtburchak boʻladi, lekin uning oʻlchami bir xil boʻlmaydi. Kelagʻayidan farqli ravishda uni nafaqat butun mato, balki alohida ipak matolardan ham tikish mumkin. „Orpek“ naqshlarida „basmanaxish“ texnikasi hech qachon qoʻllanilmagan, uni odatda („tilme“) oq yoki rangli ipakdan tiki shadi, moddiy imkoniyati boʻlganda esa, tilla yoki kumush („tekalduz“, „gulebatin“) dan tikiladi, kelagʻayidan farqli ravishda bu moddiy holatini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, kelagʻayidan farqli ravishda orpek odatda oraligʻi 2-4 qatorli toʻrli („xane“) ipak „sachag“ (popuk)ga ega. Yana bir roʻmol „Shal“ — orpekning barcha koʻrsatilgan xususiyatlariga ega boʻlishi mumkin, lekin eng asosiysi uni ipakdan emas, balki jun mato yoki boshqa matodan tayyorlashadi. Bu bilan unga „basmanaxish“ naqsh texnikasini qoʻllash imkoni yoʻqoladi, sababi bu texnika juda issiq suvdan — 80 darajagacha foydalanishni talab etadi, buning esa jun mato uchun imkoni yoʻq. Islomda taqilishi diniy koʻrsatmalardan biri boʻlgan „charshab“ va „chadri“ uchun turli matolar qoʻllanishi mumkin, shu jumladan, ipak ham, lekin kelagʻayi — ipagidan farqli ravishda, qalinroq, misol uchun „qenouz“, Rossiyada oʻrta asr larda kanouz deb maʼlum boʻlgan yoki „shemaxeyka“ boʻladi. Asosiysi — ayol qoʻllari va yuzining bir qismini yopib, unda boshidan oyogʻigacha oʻranib olishi kerak. Shu sababli bu yopinchiq turiga asosiy talablardan biri shakl hisoblanadi:

— kvadrat emas, toʻgʻri toʻrtburchak yoki trapetsiya, oʻlchami

— boʻyiga qarab 160x200 sm va undan kattaroq boʻladi. Bu yopinchiqlarning ranglar gammasi cheklangan. Uning rangi qora, oq yoki toʻq koʻk rangda boʻladi.

Kelagʻayi konsepsiyasi