Harry Potter va Azkaban mahbusi () J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi roman boʻlib, Harry Potter romanlari turkumiga mansub uchinchi kitob hisoblanadi.

Kitob ilk bora 1999-yil 8-iyulda Birlashgan Qirollikda Bloomsbury nashriyotida, AQShda esa Scholastic nashriyotida chop etildi.

Romanga asosanlangan holda 2004-yili film ham suratga olinib, ushbu film kino tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi va umumjahon boʻylab $796 million daromad qildi. Shuningdek, Electronics Art kompaniyasi tomonidan koʻplab platformalar uchun moʻljallangan videooʻyin ham ishlab chiqarildi.

Sujet

Boblari Boyqush pochtasi Marge ammaning katta xatosi „Tungi ritsar“ avtobusi „Teshik qozon“da Dementor Poʻlat tirnogʻ va choy quyqumi Javon ichidagi boggart „Semiz xola“ning sarosimasi Gʻam-hasratli magʻlubiyat Kafanduzd xaritasi „Chaqmoq“ Himoyachi (Patronus) „Gryffindor“ning „Ravenclaw“ga qarshi oʻyini Jahli chiqqan Snape Quidditch boʻyicha final oʻyini Professor Trelawneyning bashorati It, mushuk va kalamush Moony, chuvalchangdum, yumshoqoyoq va shoxdor janoblar Lord Voldemortning malayi Dementorning boʻsasi Hermionening siri Yana boyqush pochtasi

Oʻzbekcha tarjimasi Harry Potter va Azkaban mahbusini oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2018-yil Toshkent shahrida „Navroʻz“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Alisher Ravshanov va musahhih — Lolaxon Qoʻziboyeva.

Manbalar

Havolalar Harry Potter va Azkaban mahbusi Harry Potter Wikida

Turkum:1999-yil kitoblari Turkum:1999-yil romanlari Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar