thumb Matyoqub Rahimovich Rahimov (1918.25.10, Xiva tumani Gandimiyon qishlogʻi — 1993.18.8, Urganch) — xonanda (lirikdramatik tenor) va aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1940). Keng diapazonli, jarangdor va tembr boʻyoqlariga boy ovoz sohibi. Oʻrta maktab oʻqituvchisi (1940— 42 va 194348). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—43). Xiva teatri direktori (1947), Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati teatri aktyori va yetakchi xonandasi (1948—78). Musiqali spektakllarda bir qancha obraz yaratgan: Alpomish (S. Abdulla, T. Jalilov; "Alpomish"), Haydar (Komil Yashin, T. Jalilov, G. Sobitov, "Nurxon"), Kdys (Xurshid, T. Sodiqov, R. Glier, "Layli va Majnun"), Gʻarib (Yu. Yusupov, A. Otajonov, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Mahtumquli (Q. Matrizayev, A. Otajonov, "Mahtumquli") va boshqa Repertuaridan X. Bobojonov hamnafaslikda ijro etgan "Maqomi Dugoh", "Nasri Chorgoh", "Talqini Navo", "Ufari Navo" kabi Xorazm maqom yoʻllari, "Suvora" va "Feruz" turkumlari, A. Otajonovning "Loyiq", "Koʻp sogʻintirma", "Shartingni ayt" kabi ashulalari oʻrin olgan. R.haqida "Matyoqub Raximov" (Oʻzkinoxronika studiyasi, 1978) nomli film suratga olinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:18-avgustda vafot etganlar