Volodimir Borisovich Groysman,Groysman or Hroysman? The Ukrainian Weekly. 22-aprel 2016 yoki Volodymyr Borisovich HroysmanHroisman as appointed Ukraineʼs acting prime minister (Official biography on the web-site of the Ukrainian Government ) (20-yanvar 1978), – Ukrainalik siyosatchi, 14-aprel 2016-yildan 29-avgust 2019-yilgacha Bosh vazir .
2006-yil martidan 2014-yil fevraligacha Groysman Vinnitsa meri boʻlgan. 2014-yil noyabrigacha Ukraina Bosh vazirining mintaqaviy siyosat boʻyicha oʻrinbosari va Ukraina mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida (bir vaqtning oʻzida ikkita lavozimda) ishlagan. Petro Poroshenko blokining partiya roʻyxati boʻyicha parlamentga saylangan. Groysmanning keyingi lavozimi 2014-yil noyabr oyi oxiridan bosh vazir etib tayinlangunga qadar Oliy Rada (Ukraina milliy parlamenti) raisi boʻldi. 2019-yilgi Ukraina parlament saylovida „Ukraina strategiyasi“ partiyasi yetakchisi sifatida qatnashgan. Ammo bu partiya parlamentdagi oʻrinlarni qoʻlga kirita olmadiServant of the People Party wins 124 mandates on party ticket in Rada elections, Interfax-Ukraine (5 August 2019). Groysmanning bosh vazirlik faoliyati 2019-yil 29-avgustda Oleksiy Goncharuk Ukraina bosh vaziri etib tayinlangani bilan yakunlandiUkrainian Lawmakers Approve Political Novice Honcharuk As Prime Minister, Radio Free Europe (29 August 2019).
Koʻpgina ommaviy axborot vositalarida, garchi Yuxim Zvyaxilskiy avval bosh vazir vazifasini bajaruvchi boʻlgan boʻlsa-daYefim Zvyagilskiy: „UMIRAT Ya BUDU DOMA, V DONYeTsKYe, KAK BI MNYe NYe STARALIS POMYeShAT“, Groysman Ukrainaning birinchi yahudiy bosh vaziri deb ataladiOfіsіyniy portal Verxovnoї Radi Ukraїni.
Biografiyasi Volodimir Borisovich Groysman Vinnitsada yahudiy oilasida tugʻilganIsraeli envoy warns of growing trend as Ukraine unveils statue of anti-Semite, The Times of Israel (28 October 2017)Russia and Ukraine at war – among the Jews anyway, Jewish Telegraphic Agency (27 March 2014). Uning otasi Boris Groysman biznesmen va mahalliy siyosatchi Short bio, LIGA. Mehnat faoliyatini 1994-yilda otasining „OKO“ kichik xususiy korxonasida tijorat direktori, „Molodost“ xususiy korxonasida tijorat direktori lavozimlarida boshlaganThe rapid rise of Ukraineʼs Volodymyr Groysman, Deutsche Welle (12 April 2016). Groysman Ukrainaning mintaqalararo xodimlarni boshqarish akademiyasida (MAUP nomi bilan tanilgan) tahsil olgan Short bio of Volodymyr Groysman, LIGA.
2002-yilgi mahalliy saylovlarda 29-saylov okrugidan Vinnitsa shahar kengashi deputati etib saylangan. Kengashda inson huquqlari, qonuniylik, kengash aʼzolari faoliyati va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimida ishlagan Short bio, LIGA. 2003-yilda Hududlararo Xodimlarni boshqarish akademiyasini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Groysman „Bizning Ukraina“ partiyasiga qoʻshildiThe rapid rise of Ukraineʼs Volodymyr Groysman , Deutsche Welle (12 April 2016).
2005-yil 25-noyabrda shahar Kengashi raisi va shahar maʼmuriyati rahbari (meri) vazifasini bajaruvchi etib saylandi Short bio, LIGA. 2006-yil 26-martdagi mahalliy saylovlarda shahar meri etib saylandi. Ukraina maʼmuriy markazining eng yosh meri boʻldi (saylov paytida 28 yoshda edi)Ukrainian president taps Jewish politician to be next prime minister, Jerusalem Post (14 April 2016). 2010-yil 10-oktabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda „Vijdon“ partiyasidan nomzod sifatida ikkinchi muddatga shahar meri etib saylandi. Uni fuqarolarning 77,81% qoʻllab-quvvatladi. Groysman mer boʻlgan davrda Ukraina shaharlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti boʻlgan.
2010-yil fevral oyida Groysman Milliy Davlat boshqaruvi akademiyasini Jamiyat rivojlanishini boshqarish, mahalliy va mintaqaviy darajadagi menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan Short bio, LIGA.
2014-yil 27-fevralda Groysman bir vaqtning oʻzida Yatsenyuk birinchi hukumatida Mintaqaviy siyosat boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari, Ukrainaning mintaqaviy rivojlanish, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi Short bio, LIGA. Bu davrda Groysman Donbassdagi urush paytida Malaysia Airlines 17-reysi („MH17“) halokati boʻyicha Ukraina maxsus hukumat komissiyasining raisi etib tayinlandi"Malaysia demands unrestricted access to crash site, " 21 July 2014, The Star/Asia News Network in The Straits Times, retrieved 18 April 2016Higgins, Andrew & Rick Gladstone, "More bodies possible at Ukraine crash site, officials say, " 23 July 2014, NYT News Service in The Times of India, retrieved 18 April 2016.
Ushbu hukumatni qoʻllab-quvvatlagan parlament koalitsiyasi 2014-yil 24-iyulda Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk boshchiligida darhol isteʼfoga chiqishini eʼlon qildiRada speaker announces dissolution of parliamentary coalition, Interfax-Ukraine (24 July 2014)Ukrainian PM Yatseniuk announces resignation in parliament, Interfax-Ukraine (24 July 2014)Yatseniuk says collapse of Rada coalition means failure to pass laws on filling budget, Interfax-Ukraine (24 July 2014). Biroq Yatsenyukning isteʼfosi parlament tomonidan qabul qilinmadiYatseniuk’s statement of resignation sent to parliament – Hroisman, Interfax-Ukraine (25 July 2014). Shunga qaramay, 2014-yil 25-iyulda Yatsenyuk hukumati Groysmanni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladiGovernment adopts resolution appointing Hroisman as Ukraineʼs acting PM, Interfax-Ukraine (25 July 2014)
Deputy PM Hroisman appointed Ukraineʼs acting premier, says Avakov, Interfax-Ukraine (25 July 2014). 2014-yil 31-iyulda Oliy Rada Yatsenyukning isteʼfosini rad etdi, chunki 450 deputatdan atigi 16 nafari uning isteʼfosi uchun ovoz berdiRada expresses confidence in PM Yatseniuk, Interfax-Ukraine (31 July 2014).
Jamoatchilikning noroziligi va hukumatdagi korrupsiya ayblovlari bilan Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk 2016-yil 10-aprelda isteʼfoga chiqishni rejalashtirayotganini eʼlon qildiUkrainian PM Yatsenyuk resigns, UNIAN (10 April 2016)
Ukraine Prime Minister Arseniy Yatsenyuk to resign, BBC News (10 April 2016). Bir necha kunlik parlament muhokamalaridan soʻng, 2016-yil 14-aprelda Groysman 257-dan 50-ga qarshi deputatlar tomonidan Ukrainaning bosh vaziri etib saylandi. Groysman Ukrainaning eng yosh bosh vaziri (saylovda 38 yoshda) va yahudiy millati yoki diniga mansub boʻlgan yagona shaxs„Ukraine MPs approve Volodymyr Groysman as new PM,“ 14 April 2016, BBC World News, retrieved 18 April 2016IANS, "Ukrainian parliament accepts PM’s resignation and appoints new head, " 14 April 2016, IANS in The Times of India, retrieved 18 April 2016.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar