Kursk () Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kursk viloyatining markazi, Kursk tumaning markazi. Moskva shahridan 530 km janubda joylashgan. O'rta asrlarda Kursk knyazligi poytaxti boʻlgan. Seym daryosi boʻyida. Kursk tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik ("Schyotmash", akkumulyator, elektroapparat zavodlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. Kursk 1032 yildan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. XIV asr dan Litva, 1508 yildan Rossiya tarkibida. K.da 17— XIX asrlar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Aholisi Shahar aholisining yarmidan oshigʻini ruslar tashkil qiladi. Rasmiy bayonotga koʻra aholi soni 443 212 ming kishini tashkil qiladi.

Kurskning aholisi 1811 —23,500 1847 —24,776 1897 —75,721 1910 —82,456 1915 —85,400 1920 —48,825 1931 —92,300 1939 —119,000 1956 —179,000 1976 — 353,000 1986 — 409,000 1995 — 438,000 2016 — 443,212

Tarixi Kurskda birinchi shahar ko'rinishlari 1032-yilda ko'zga tashlangan. Shaharga 1095-yilda asos solingan. XI-XIII asrlarda Kursk knyazligi hukm surgan. Birinchi Kursk knyazlari Izyaslav Vladimirovich, o'g'li Vladimir Monomaxlar boʻlgan.

Ma'daniyat va san'at Kutubxona thumb|right|Qishki sobor N. N. Asayeva nomidagi Kursk viloyati kutubxonasi Bolalar va o'smirlar viloyat kutubxonasi Y. I. Nosova nomidagi kutubxona Yegor Polyanko nomidagi kutubxona Afasiyeva Fita nomidagi kutubxona N. Y. Korneyeva nomidagi kutubxona 4-bolalar kutubxonasi 5-bolalar kutubxonasi 8-bolalar kutubxonasi Meditsina kutubxonasi Birodar shaharlari 25px Cherniy, Rossiya 25px Novgorod-Volinskiy, Ukraina 25px Donetsk, Ukraina 25px Gomel, Belarusiya 25px Postav, Belarusiya Manbalar