„Zamin sayyorasi“, toʻliq nomi „Zamin sayyorasi: Poema va sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2014-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam asosan muallifning „Tirik sayyoralar“ (1978) hamda „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) sheʼriy toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlaridan iboratdir. Toʻplamga „Koʻhinur“ dostonidan parcha hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplam soʻngsoʻzini Ibrohim Gʻofurov yozgan.
Manbalar
Havolalar „Zamin sayyorasi“ Kitobxon saytida
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari