„The Next Great Globalization“ (), toʻliq nomi „The Next Great Globalization: How Disadvantaged Nations Can Harness Their Financial Systems to Get Rich“ () — amerikalik iqtisodchi Frederic S. Mishkin yozgan iqtisodiy rivojlanish boʻyicha kitob. Ilk bor 2006-yil Prinston shahrida Prinston universiteti nashriyotida chop etilgan. 2008-yil qayta nashr qilingan.
Asarda globallashuvning ijobiy jihatlari hamda rivojlanmagan davlatlar boyish uchun xalqaro moliyaviy tizimdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida soʻz yuritiladi. Xususan, kitobda xorijiy kapital hamda moliyaviy liberalizatsiyaning yaxshi tomonlari koʻrib chiqilgan. Asarda yozilishicha, samarali boshqarilgan moliyaviy globallashuv 19- hamda XX asrlarda savdo va maʼlumot globallashuvi keltirib chiqargan ijobiy oʻzgarishlarga mutanosib rivojlanishga turtki boʻlishi mumkin. Umuman olganda, „The Next Great Globalization“ taqrizchilar tomonidan yaxshi baholandi, ammo unda Xalqaro valyuta fondi kabi tashkilotlar oshiqcha ijobiy tasvirlangani tanqid qilindi.
Manbalar
Havolalar „The Next Great Globalization“ Prinston universiteti nashriyot saytida
Turkum:Iqtisod boʻyicha kitoblar