„Sirli hodisalar va moʻjizalar“ () — rus olimi va bibliografi Nikolay Rubakin qalamiga mansub ommabop fan boʻyicha kitob. Ilk bor 1909-yil Sankt Peterburg shahrida chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbekcha nashr 1967-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan.
Asarda muallif din va xurofotni tanqid qiladi, dindorlar va xurofotchilar moʻjiza deb baholovchi hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirib beradi. Rubakin kitobda diniy moʻjizalarni ilmiy yondashuv bilan tahlil qilgani taqvodorlar tomonidan keskin tanqidga uchragan.
Manbalar
Havolalar „Sirli hodisalar va moʻjizalar“
Turkum:Ilmiy-ommabop kitoblar