„The Black Arrow“ („Qora oʻq“), toʻliq nomi „The Black Arrow: A Tale of the Two Roses“ („Qora oʻq: Ikki atirgul hikoyasi“) — shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub sarguzasht va sevgi romani. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1888-yil Buyuk Britaniyada „Cassell and Company“ nashriyoti, AQShda „Charles Scribner’s Sons“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Ilk bor 1883-yil „Young Folks“ bolalar jurnalida „The Black Arrow: A Tale of Tunstall Forest“ („Qora oʻq: Tunstall oʻrmoni hikoyasi“) nomi bilan chop etilgan. Asar jurnalda Captain George North taxallusi bilan nashr qilingan.
Asarga „Pastonlar maktublari“ () nomi bilan tanilgan Pastonlar oilasi aʼzolari yozgan xatlar asos boʻlgan. Muallif asar kitob oʻlaroq ancha kech chop etilganini „Hikoya bir necha yil avval muayyan auditoriya uchun yozilgan edi“, deya izohlagan.
Syujeti Asarda Richard (Dick) Shelton () Qizil va oq atirgul urushi davomida boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shelton ritsar boʻlib yetishadi. Sevgilisi Joanna Sedleyni () yovuz ritsar Sir Daniel Brackley () changalidan qutqaradi. Shelton yana otasi Sir Harry Shelton () qotillaridan qasos oladi.
Qahramonlari Richard (Dick) Shelton () – bosh qahramon Sir Harry Shelton () – Richard (Dick) Sheltonning otasi Joanna Sedley () – bosh qahramon, Richard (Dick) Sheltonning sevgilisi Ellis Duckworth () – „Qora nayza“ ittifoqining asoschisi Sir Daniel Brackley () – yovuz ritsar Sir Oliver Oates () – Sir Daniel Brackleyning kotibi Bennet Hatch () – Sir Daniel Brackleyning yordamchisi Nicholas Appleyard () – Agincourt (Azenkur) jangi veterani Richard Crookback () – Richard III, boʻlajak qirol (tarixiy shaxs) Lord Shoreby () – mahalliy magnat Alicia Risingham () – Joanna Sedleyning dugonasi
Havolalar
„The Black Arrow“ Gutenberg loyihasida
Turkum:Romanlar