Asliddin Ashurbayevich Rustamov (1962-yil 22-yanvar, Samarqand viloyati Payariq tumani) – 2007—2012-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari.
Hayoti 1983-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. 1983-1992 yy. – Samarqand viloyati yoshlar tashkilotida turli lavozimlarda. 1992-1994 yy. – Payariq tumanidagi 25-maktab direktori. 1994-1994 yy. – Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi referenti. 1994-1999 yy. – „Turonbank“ ATB boʻlim boshligʻi. 1999-2003 yy. – Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi kotibi. 2003-2013 yy. – Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi. 2005-2010 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar