„Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ () — rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy qalamiga mansub ertak. Carlo Collodining „Pinocchioning boshidan kechirganlari“ kitobiga asoslanib yozilgan. Asar oʻzbek tilida 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.

Kitob ilk bor 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan. SSSRda 1986-yilgacha 182 marta chop etilgan. Umumiy adadi 15,5 million nusxadan oshib ketgan. Asar dunyoning 47 tiliga tarjima qilingan.Карайченцева С. А. Русская детская книга XVIII–XX вв. Монография – Москва: МГУП, 2006.- 294 с. –

Syujeti Sharmankachi Karlo ota yogʻochdan uzun burunli qoʻgʻirchoq yasab, uni Buratino deb ataydi. Buratino qoʻgʻirchoq doʻstlari bilan koʻp sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ular qoʻgʻirchoq teatrining yovuz egasi Karabas-Barabasdan hamda ayyor tulki Alisa bilan mushuk Baziliodan qochadilar.

Qahramonlari Buratino – yogʻoch qoʻgʻirchoq Karlo ota – Buratino yogʻochdan yasagan sharmankachi Juzeppe – duradgor, Karlo otaning doʻsti Malvina – moviy koʻzli qoʻgʻirchoq Artemon – Malvinaga sodiq it Pyero – Malvinani sevuvchi shoir qoʻgʻirchoq Arlekin – Pyeroning qoʻgʻirchoq doʻsti Toshbaqa Tortila – Buratinoga oltin kalit sovgʻa qilgan toshbaqa Soʻzlovchi chigirtka – Buratinoga uning taqdirini aytib beruvchi chigirtka Karabas Barabas – qoʻgʻirchoq teatri egasi Duremar – zuluk sotuvchi Alisa – ayyor tulki Bazilio – ayyor mushuk

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni rus tilidan oʻzbek tiliga S. Muhammadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.

Ekranlashtirish Buratinoning boshidan kechirganlari — sovet filmi (1976)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar