Uston yoki oston (; koʻplikda — استانها / ostānhā) — Eron Islom Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi sistemasidagi eng yuqori darajali subyekt. Ustonning maʼmuriy markazi mavjud. Har bir uston shahristonlarga ( — shaharlar toʻplami yoki viloyat deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan. Shahristonlar, oʻz navbatida, baxshlarga ( — tuman deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan.
Hozirgi paytda Eronda 31 ta uston mavjud. Ushbu ustonlar umumiy 402 ta shahristonga boʻlingan. Barcha shahristonlar umumiy 999 ta baxshga boʻlingan. Uston boshqaruvchisi — ustondor ( — ustonboshi, hokim yoki gubernator deb tarjima qilsa boʻladi) deb ataladi.
Eron ustonlari
UstonMarkaziShahristonlari soniMaydoni (km²)Aholisi soniAlborzKaraj45 8332 412 513ArdabilArdabil917 8001 248 488BushahrBushahr922 7431 032 950ForsSheroz23122 6084 596 658GilonRasht1614 0422 480 874GulistonGoʻrgon1120 1951 777 014HamadonHamadon819 3681 758 268HurmuzgonBandar-Abbos1170 6691 578 183IlomIlom720 133557 560IsfahonIsfahon21107 0294 879 312Janubiy XurosonBirjand869 555662 534
Manbalar
Iran Provinces Atlas of Iran
Turkum:Eronning hududiy boʻlinishi
Eron 2