Turkmanboshi Ruhi Masjidi () yoki Gupjak masjidi – Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid. Turkmaniston poytaxti Ashxobod yaqinidagi Gupjak (yoki Qipchoq) qishlogʻida joylashgan. Mamlakatning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan qurilganRustam Minnixanov posetil mechet Duxovnosti v KipchakeV Turkmenistane otkrita samaya bolshaya v Tsentralnoy Azii mechet.
Masjid mamlakat poytaxti Ashxoboddan taxminan gʻarbda, M37 avtomagistrali boʻyida joylashgan. Koʻrinishi Fransiyaning Bouygues kompaniyasi tomonidan qurilgan masjid prezident Saparmurat Niyozovning ona shahrida qurilgan. U 2004-yil 22-oktyabrda ochilgan va Niyozov tomonidan maqbara siftida barpo etilgan. Niyozov ikki yil oʻtib vafot etadi va 2006-yil 24-dekabrda shu maqbaraga dafn qilindi.
Masjid qurib bitkazilgach koʻplab munozaralar markazida boʻldi, chunki devorlarga ham Qurʼon, ham Ruhnoma (Ruh kitobi) – Niyozovning „hayotning soxta maʼnaviy qoʻllanmasi“ dan bitiklar yozilgan. „Ruhnoma“ Qur’onga tenglashtirilgani koʻplab musulmonlarni gʻazablantirdi. Darhaqiqat, 10 000 nafar namozxonni sigʻdira olishiga qaramay, masjid koʻpincha boʻsh holatda boʻladi, chunki „Ruhnoma“ yozuvlari dindor masjidchilar tomonidan kufr deb hisoblanadiDoor to the Kipchak Mosque Türkmenbaşy Ruhy Mosque Atlas Obscura (www.atlasobscura.com). Retrieved 5 July 2019.. Eslatmalar
Yana qarang Gurbanguli hoji masjidi Ertuğrul Gazi masjidi Manbalar
Turkum:Ashxobod Turkum:Turkmanistondagi masjidlar