Dmitriy Aleksandrovich Shokin (; 1992-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2015-yilgi Universiada gʻolibi, 2015-yilgi jahon chempioni, 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari olimpiyachisi, ikki karra Osiyo chempioni.
Biografiyasi Shokin yetti yoshida taekvondo bilan shugʻullangan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining turizm fakultetini tamomlagan .
Faoliyati Dmitriy Shokin 2014-yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, oʻzining yuqori sport mahoratini namoyon etdi . Shu yilning oʻzida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sovrindori boʻldi . Bundan tashqari, 2014-yil davomida BAA, Avstraliya va Fransiya kabi davlatlarda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor sifatida eʼtirof etildi.
2015-yilda sportchi oʻz muvaffaqiyatlarini izchil davom ettirdi . U Turkiya, Qatar, Avstraliya, Rossiya hamda Koreya Respublikasida tashkil etilgan Gran-pri turkumidagi yirik xalqaro turnirlarda muntazam ravishda sovrinli oʻrinlarni egalladi va xalqaro arenadagi barqarorligini yana bir bor tasdiqladi .
thumb|200px|Dmitriy Shokin 2015-yilgi Jahon Taekvondo Chempionatida Shu yilning eng yirik yutugʻi sifatida Rossiyaning Chelyabinsk shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida (WTF) barcha raqiblarini magʻlub etib, jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritgani alohida taʼkidlash lozim . Shu tariqa, Dmitriy Shokin Oʻzbekiston taekvondo tarixida ilk bor jahon chempionati oltin medalini qoʻlga kiritgan sportchi sifatida tarixga kirdi. 2015-yil avgust oyi yakunlariga koʻra, u eng yuqori vazn toifasida jahon reytingida yetakchi sportchilar qatoridan joy oldi .
2016-yilgi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Jahon Chempionatida (WTF) +87 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin chorak final bosqichida braziliyalik Miguel Soaresni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda esa eronlik Omid Amidi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Final bahsida Dmitriy Shokin AQSh vakili Jonathan Healeyni 4:3 hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi .
2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Shokin birinchi raqam ostida saralangan sportchi sifatida ishtirok etdi. U yarim final bosqichida nigeriyalik Abdulrazzak Issoufga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyinchalik bronza medali uchun kechgan bahsda esa 2008-yilgi Olimpiada chempioni Cha Dong-minga yutqazib, musobaqani 5-oʻrin bilan yakunladi.
thumb|200px|Dmitriy Shokin 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari finalida 2018-yil Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining taekvondo boʻyicha bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Dmitriy Shokin kumush medalni qoʻlgan kiritdi. +80kg vazn toifasida finaldagi bahsda eronlik Said Rajabi bilan kuch sinashdi. Ammo 2:1 hisobda borayotgan Shokin soʻnggi lahzalarda tashabbusni raqibga berib qoʻydi va 2:3 hisobida magʻlubiyatga uchrab, kumush medalni qoʻlga kiritdi .
Sportchi hozirda oʻzining „Shokin jamoasi“ nomli taekvondo jamoasiga murabbiylik qiladi.
Manbalar
Havolalar
Dmitriy Shokin TaekwondoData.com saytida Dmitriy Shokin Olimpiada saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak taekvondochilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning FISU Jahon Universiadasida oltin medali olgan sportchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari