Farrux Karimovich Sayfiyev (; 1991-yili 17-yanvar, Samarqand) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, milliy futbol terma jamoasi va Fargʻonaning Neftchi klubi futbolchisi.

Faoliyati Farrux Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildiVisshaya liga-2013. Farrux Sayfiev avtor 500-go gola. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

2017-yil 27-dekabr Paxtakor jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan.

2024-yil 30-yanvarda Namanganning Navbahor jamosiga oʻtganligi eʼlon qilingan.

Terma jamoadagi faoliyati 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yil 20-avgustda terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazganAzerbaijan 0–0 Uzbekistan.

Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farrux Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. Milliy terma jamoadag statistikasi

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa1.2022-yil 8-iyunMarkaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston2–03–02023-yilgi Osiyo kubogi saralashi

Yutuqlari Nasaf Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2016, 2017 Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2013, 2014, 2015, 2016 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2012, 2013, 2016, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016

Paxtakor Oʻzbekiston chempionati chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2018 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2019, 2020 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2018, 2021 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2021, 2022 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019

Navbahor Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2024 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2024

Neftchi

Oʻzbekiston chempionati chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Farrux Sayfiyev Transfermarkt saytida

Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Samarqand sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar