Lutfulla Toʻrayev baʼzan Lutfullo Toʻrayev 1988-yili 30-mart kuni Sirdaryo viloyatining Xovos shahrida tugʻilgan. Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.

Faoliyati Lutfulla Toʻrayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili tugʻilib oʻsgan shahri Muborakning Mashʼal futbol klubida boshlagan. Ushbu klub tarkibida u 2008-yilgacha toʻp suradi va jaʼmi 97 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 2 marta isgʻol qiladi. 2009-yilning boslarida u Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma tuzadi va 2011-yilning oxirigacha ushbu klub tarkibida oʻynaydiLutfulla Turaev Player info at www.worldfootball.net. 2011-yili u Nasaf tarkibida AFC kubogi musobaqasining gʻolibi boʻladi. Qarshi jamoasida jaʼmi 73 ta oʻyinda maydonga tushadi va 4ta gol uradi.

Lutfulla Toʻrayev 2012-yilning yanvar oyida oʻzbek futbolining grand klublaridan biri Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma tuzadi."New players in „Bunyodkor“ . FC Bunyodkor, 14.12.2011. U Bunyodkor tarkibida 2 mavsum oʻynaydi 49 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilgan boʻlsa raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritadi. U 2014-yili Toshkentning yana bir jamoasi Lokomotiv bilan shartnoma imzolaydi va hozrga qadar ushbu klub safida oʻynamoqda. Shu vaqtga qadar u Lokomotiv tarkibida 27 ta oʻyinga maydonga tushib 2 marta gol urgan. 2017-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻtgan. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi va 3 mavsum davomida Toshkent klubida oʻynadi"New players in „Bunyodkor“ . FC Bunyodkor, 14 December 2011.. 2022-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunladi va Vitaliya Levchenko bosh murabbiyligidagi „Neftchi“ jamoasida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati Lutfulla Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut oʻyinini 2010-yilning 25-may kuni terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

2015-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi Mirjalol Qosimov uni AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashish uchun tarkibga jalb qiladi va ushbu musobaqada bitta yaʼni chorak finalda termasiga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi. Yutuqlari Mashʼal tarkibida Oʻzbekiston vitse chempioni: 2005 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2007 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2006

Nasaf tarkiibida Oʻzbekiston vitse chempioni: 2011 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2009, 2010 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011

Bunyodor tarkibida Oʻzbekiston chempioni: 2013 Oʻzbekiston vitse chempioni: 2012 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2012, 2013

Lokomotiv Toshkent tarkibida Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014 Oʻzbekiston vitse chempioni: 2014 Oʻzbekiston superkubogi finalchisi: 2014 Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi: 2014

Statistikalari Soʻnggi maʼlumotlar 2015-yil 22-mart kunidan olingan.L. Turaev ca.soccerway.com KlubMavsumIshtGolMashʼal20041412005100200621120072502008270Umumiy972Nasaf200928120102412011212Umumiy734Bunyodkor20122522013247Umumiy499Lokomotiv2014252201520Umumiy272

Manbalar

Havolalar national-football-teams.com footballfacts.ru soccerway.com footballtop.ru saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qashqadaryo viloyati kishilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Terengganu FC futbolchilari Turkum:FELDA United F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar