Shoʻrtan Gʻuzor futbol klubi – () – Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani sharafini himoya qiluvchi futbol klubi, Oʻzbekiston Pro Ligasi vakili.
Tarixi Gʻuzorda ilk futbol klubi 1986-yilda „Oq oltin“ nomi bilan tashkil etilgan. Gʻuzor futbolining ilk qadamlari oʻtgan asrning 60-70-yillari oʻrtalarida boʻlgan. Bu davrda jamoa turli nomlar ostida chiqish qildi. SSSR parchalanganidan keyin klub oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
1989-yildan buyon jamoaga rahbarlik „Shoʻrtangaz“ gaz konlari rahbariyati qoʻliga oʻtdi va shu yildan boshlab „Shoʻrtan“ nomi ostida Oʻzbekiston SSR ichki musobaqalarda qatnasha boshladi. Bu davrda jamoani hozir marhum Eshmurod Charshanbiyev boshqargan. Bu yillar davomida jamoa birinchi ligaga chiqish uchun bir necha bor urinib koʻrdi.
Oʻzbekiston musobaqalari 1992-yilda jamoa Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Respublika kasaba uyushmalari jamoalari birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi ligada qatnashish huquqini beruvchi oʻtish turnirida qatnashdi, oʻsha paytda chempionatda oltita jamoa gʻoliblik uchun kurashgan. Jamoa birinchi ligaga chiqa olmagan boʻlsa-da, chiroyli oʻyini bilan futbol muxlislari mehrini qozondi.
1993-yilda jamoa viloyat chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana bir bor oʻtish turnirida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu gal viloyat chempionlari Angrenda shahrida toʻplanishdi. Turnir yakunlariga koʻra, „SHoʻrtan“ har doimgidek Birinchi ligaga yaqin edi. Ammo klubga bir ochko yetishmadi.
Shoʻrtan futbol klubi 1994-yil Qashqadaryo viloyatinining Gʻuzor tumanida professional jamoa sifatida tashkil etilgan. Klub dastlabki musobaqasida 1995-yil Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi baxslarida ishtirok etib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Pro ligasi). Klub Birinchi liganing ilk yillarida Oʻrtamiyona jamoalar safida borgan. 2004-yilgi mavsumda jamoa tarkibi sezilarli kuchaytirilganidan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Oliy ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Superligasi) 2005-yilda „Shoʻrtan“ Oʻzbekiston ligasida debyut qilgan. 2010-yilgi mavsum klub uchun eng omadli mavsum boʻldi, ular chempionatda 4-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston kubogi chorak finalida umumiy hisobda „Paxtakor“, yarim finalda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini magʻlub etishdi. Toshkentda boʻlib oʻtgan Final uchrashuvida „Shoʻrtan“ „Bunyodkor“ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2011-yilda „Shoʻrtan“ xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va AFC Kubogida ishtirok etdi. Klub guruh bosqichida 2-oʻrinni egalladi va Pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, biroq „Al Vehdat“ga qarshi 1/8 final oʻyinida magʻlub boʻldi. Yakuniy hisob 1-2.
2011-yil 22-noyabrda „Shoʻrtan“ rahbariyati Toshmurod Ogʻamurodov oʻrniga Igor Kriushenkoni bosh murabbiy etib tayinladi. Kriushenko 2012-yilning 5-iyulida ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga 2013-yil 15-maygacha bosh murabbiy boʻlib ishlagan Edgar Gess tayinlandi. Gess ham Oliy Liga oʻyinlaridagi yomon natijalardan soʻng ishdan boʻshatildi. 2013-yilda „SHoʻrtan“ jamoasida ikki marta bosh murabbiy almashdi, lekin natijalar yaxshilanmadi. Klub Ligada 14-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan. Bir yildan soʻng, 2014-yilda klub Birinchi ligada gʻolib chiqdi va yana oliy divizionga koʻtarildi. Keyingi 2015—2017-yilgi mavsumlar davomida jamoa oldinggi natijalarini takrorlay olmadi. 2017-yil klub eski murabbiylardan qarzdorlik tufayli FIFA tarafidan taqiqga uchrab Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushirib yuborildi. 2018-yil 12-fevralda jamoaga Asror Aliqulov bosh murabbiy etib tayinlandi. 2020-yil Shoʻrtan jamoasida klub ramzi, logosi oʻzgartirildi. 2021-yil Klubdan FIFA taqiqi olib tashlandi va klub oʻz akademiyasini tashkil etdi. Oʻzbekiston Pro Ligasi 2023—2024 15-mart 2023-yilda Shoʻrtan futbol klubi Oʻzbekiston pro ligasidagi bahslarini Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi oʻyin bilan boshlagan. Oʻyinda jamoalar 3:3 hisobida durrang oʻynashgan. 22-mart kuni lga 2-tur oʻyini doirasida Gʻijduvon klubi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan jamoasi futbolchilari 2:1 hisobida gʻalabaga erishishgan. 16-aprel kuni boʻlib oʻtgan liganing 5-tur bahsida Shoʻrtan klubi Yunired jamoasi bilan kuch sinashgan va 2:1 hisobida mgʻlubiyatga uchragan. 20-aprel kuni Navbahor-Farm jamoasi bilan liganing oltinchi turi doirasida bahs olib borishgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozonishganhttps://pfl.uz/uzb/m/match/15326. 26-aprel kuni pro liga yettinchi tur bahsida Andijon-SGS jamoasi mehmoni boʻlgan shortanliklar 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan. 4-may kuni sakkinchi tur bahsida poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasi bilan bahs olib borgan Shoʻrtan jamoasi 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 15-may kuni pro liga toʻqqizinchi tur bahsida Aral jamoasi mehmoni boʻlgan Shortan jamoasi vakillari 0:0 hisobida durrang oʻynashgan. 24-may kuni pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsida Mash’al jamoasi bilan kuch sinashgan shoʻrtanliklar, raqiblarini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. 29-may kuni liganing oʻninchi tur bahsida Xorazm jamoasini qabul qilgan shoʻrtanliklar 1:0 hisobida gʻalabaga erishishgan. 11-iyun kuni liganing oʻn birinchi tur bahsida Samarqandning Dinamo jamoasi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan klubi 1:1 hisobida durrang oʻynagan. 3-avgust kuni pro liganing oʻn ikkinchi tur bahsida Qoʻqon-1912 jamoasi mehmoni boʻlgan voha jamoasi 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. 9-avgust kuni liganing oʻn uchinchi tur bahsida gʻijduvon jamoasi bilan bahs yuritgan shoʻrtan futbolchilari 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Mahalliy musoboqalar tarixi MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng koʻp gol urganDiv.OʻrinOʻ.YuD.M.U.GOʻGONomiLiga1992365144101QatnashmaganMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas1993QatnashmaganMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas1994QatnashmaganMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas199531440011312QatnashmaganMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas19962205219825647865Guruh bosqichiMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas19972144218618696660Birinchi bosqich Shavkat Ismoilov29Maʼlumotlar mavjud emas19982938164186667521/16 finalMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas199921034142186449441/16 finalMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas20002143817219734753Maʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas2001263214711494349Guruh bosqichiMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas200221332121194164371/16 finalMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas2003272811413526637Guruh bosqichiMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas200422402611311747791/16 final Ravshan Doʻrmonov27Maʼlumotlar mavjud emas20051132661192356191/8 final Igor Taran9 Sergey Dotsenko200611230102184355321/4 final Igor Taran13Maʼlumotlar mavjud emas20071133085173251231/4 final Sirojiddin Sayfiyev Zafar Polvonov3Maʼlumotlar mavjud emas20081123096152244331/4 final Artur Gevorkyan6 Bahrom Hakimov Viktor Pasulko20091830116133650391/4 final Artur Gevorkyan7 Usmon Toshev Edgar Gess201014261268352842Finalchi Shahboz Erkinov9 Edgar Gess2011172695122941321/2 final Igor Taran10 Tachmurad Agamuradov Igor Kriushenko20121526124103833401/8 final Igor Taran14 Igor Kriushenko Edgar Gess20131142645172247171/8 final Pavel Solomin7 Edgar Gess Zoir Toʻraqulov
Erkin Mirzayev201421302523881877Ikkinchi bosqich Viktor Klishin40 Muxtor Qurbonov20151113089164253331/8 final Igor Taran11 Muxtor Qurbonov2016193012216435638Ikkinchi bosqich Zafar Polvonov12 Ixtiyor Karimov20171143083192852271/8 final Igor Taran7 Gennadiy Kochnev Edgar Gess
Yorqin Nazarov20182632107153345371/16 final Islom Boysariev Otabek Narzullayev
Mar’ruf Murodov
Moʻmin Meliyev3 Asror Aliqulov2019242815310563648Ikkinchi bosqich Sherzod Temirov17 Sergey Kovshov202024208482923281/8 final Jasur Xoltoʻrayev9 Asror Aliqulov2021292671092629311/8 final Muhriddin Zoirov Elyor Omonjonov3 Asror Aliqulov202226186572920231/8 final Muhriddin Zoirov11 Asror Aliqulov20232520758292526Guruh bosqichi Muhriddin Zoirov9 Aleksey Yevstafeyev Anvar Berdiyev2024 24281189343041Guruh bosqichi Muhriddin Zoirov9 Anvar Berdiyev2025116303819275717Chorak final Poʻlatxoʻja Xoldorxonov7 Anvar Berdiyev Eldor Moyliyev Asror Aliqulov
OFK musobaqalaridagi ishtiroki MusobaqaOʻYuDMU.GOʻ.GOOFK Kubogi723211109Hammasi723211109 AFCSanaRaundNatijaJamoaJoyiMavsumi01.03.2011Guruh bosqichi4-0 Al-QodisiyaHavali2011-yil OFK kubogi15.03.2011Guruh bosqichi7-2 As-SaqrGʻuzor13.04.2011Guruh bosqichi1-1 Al-IttixodGʻuzor26.04.2011Guruh bosqichi0-0 Al-IttixodAlepo04.05.2011Guruh bosqichi1-1 Al-QodisiyaGʻuzor11.05.2011Guruh bosqichi0-1 As-SaqrAlepo25.05.20111/8 final2-1 Al-VixdatAmman
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi 4-oʻrin: 2010 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi (1) : 2014 Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin (1): 2004 Oʻzbekiston kubogi finalchi (1): 2010 Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi (1): 2015 AFC Kubogi: 2011-yil: 1/8 final bosqichi
Stadion
„Shoʻrtan“ oʻz uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan „Gʻuzor“ stadionida oʻtkazadi.
Qashqadaryo derbisi „SHoʻrtan“ futbol klubi „Qashqadaryo derbisi“ qarama-qarshiligining 3 nafar ishtirokchisidan biridir.
Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati mamlakat Oliy ligasida yaqin vaqtgacha birdaniga 3 xil shaharning 3 ta klubi: „Nasaf“ – Qarshi , „Mash’al“ – Muborak va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etdi.
Bu 3 jamoa oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryo viloyatining oʻzida, balki butun Oʻzbekiston boʻylab qiziqish uygʻotmoqda.
Jamoa tarkibi
Hozirgi tarkibi
U21
U19
Klub hodimlari
Boshqaruv Jamoa menejeriShamil YarulinSport direktoriAbdurahmon YumangulovJamoa BoshligʻiIxtiyor Karimov
Murabbiylar shtabi LavozimIsmMenejer Anvar BerdiyevYordamchi murabbiy Eldor MoyliyevDarvozabonlar murabbiyi Sherzod KattayevYordamchi murabbiy Zafar Polvonov
Boshqaruv tarixi Maʼlumotlar 2017-yilga tegishli. Roʻyxatda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin. YillarMurabbiy1994—2004Maʼlumotlar mavjud emas2005 Sergey Dotsenko2008 Bahrom Hakimov2008—2008 Viktor Pasulko2009 Usmon Toshev2009—2011 Edgar Gess2011 Tachmurad Agamuradov2011—2012 Igor Kriushenko2012—2013 Edgar Gess2013—2013 Zoir Toʻraqulov2013—2014 Erkin Mirzayev2014—2016 Muxtor Qurbonov2016 Aleksandr Volkov2016—2017 Ixtiyor Karimov2017 Gennadiy Kochnev2017 Edgar Gess2017 Gennadiy Kochnev2017 Yorqin Nazarov2018—2022 Asror Aliqulov2019 Sergey Kovshov2023 Aleksey Yevstafeyev2023—2025 Anvar Berdiyev2025— Asror Aliqulov
Mashhur futbolchilar Ravshan Doʻrmonov Asror Aliqulov Igor Taran Shahboz Erkinov Vadim Afonin Artur Gevorkyan Patrik Agbo
Yana qarang Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida
Manbalar
Havolalar Shurtan Guzar— Official club website Shurtan Guzar— soccerway Weltfussballarchiv Klubning qitʼa turnirlaridagi chiqishlari
Turkum:Shoʻrtan Gʻuzor PFK Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Qashqadaryo viloyati futbol klublari Turkum:Gʻuzorda sport Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:1992-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1994-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari