Eldorbek Olimovich Suyunov (1991-yili 12-aprelda Qashqadaryoning Koson shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Eldorbek Suyunov Mashʼal futbol akademiyasida tahsil olgan. 2008-yildan u Nasaf yoshlar futbol klubi tarkibida oʻynay boshlaydi, oʻsha paytda u Nasaf professional futbol klubining sobiq murabbiyi Anatoliy Demyanenkoning eʼtiboriga tushadi va tez orada u Nasaf klubining aʼzosiga aylanadi.

2011-yildan 2017-yil birinchi davrasi yakunigacha Nasaf tarkibida oʻynagan va bu davrda Oʻzbekiston Superligasi musobaqasoda 90 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2015-yilgi mavsum soʻnggida ogʻir jarohat oldi va deyarli 1 mavsumga safdan chiqdi. 2017-yilgi mavsumda yozgi transfer oynasi vatida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tominidan taklifni qabul qildi va „sherlar futbolchsi“ga aylandi. 2023-yilgi mavsum yakunida „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etgan.

Terma jamoadagi faoliyati Eldorning oʻz ampulasidagi eng yaxshi harakatlari sababli 2013-yili terma jamoasiga terma jamoa tarkibiga chaqirilgan va 2015-yilgi Osyo kubogiga saralash bosqichi bahslarida ishtirok etganhttp://fcnasaf.uz/index.php/news/view?v=1143#sthash. Mx2PGd01.dpbs gh. U shuningdek 2015-yili Avstraliyada oʻtgan Osiyo kubogida terma jamoaning yakuniy tarkibiga kiritilgan. Suyunov terma jamoa safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Yutuqlari Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2018 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi sohibi: 2017 Oʻzbekiston Kubogi sohibi (2): 2019, 2020 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2): 2021, 2022 Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin sohibi: 2023

Nasaf

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2011 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2015 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012, 2013, 2016 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016 AFC kubogi gʻolibi: 2011

Navbahor Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2024 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2024

Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025

Manbalar

Havolalar

Eldorbek Suyunov Nasaf klubi rasmiy saytida Eldorbek Suyunov Euro-football saytida

Eldorbek Suyunov Transfermarkt saytida Eldorbek Suyunov National-football-teams saytida

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari