Iroda Toʻlaganova (1982-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek professional tennischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar oʻrtasida Osiyo (1999, Fukuoka), „Uimbldon“ chempionatlari (1999, London) va AQSH ochiq chempionati (1999, Nyu-York) gʻolibi. 1998-yildan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada gʻolib boʻlgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, Nokke-Xeyt). Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan). „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (1998). 2010-yildan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, 2020-yildan shuningdek, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik tennischilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol tennischilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari