Gana milliy futbol terma jamoasi (akancha: Gaana adehyeman nan-bɔɔl tiim) ommabop laqabi Qora yulduzlar (akancha: Nsoroma Tuntum), 1950-yildan beri xalqaro futbol musobaqalarida Gana davlati sharafini himoya qilib keladi. Qora yulduzlar Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) tomonidan boshqariladi hamda ushbu assotsiatsiya Afrika qitʼasidagi ilk futbol sporti tashkiloti (1920-yili asos solingan). 1957-yildan oldin, terma jamoa Oltin qirgʻoq davlati nomi bilan maydon tushgan.
Shuningdek, Gana terma jamoasi FIFA Jahon chempionati musobaqalarida 2006-yilga qadar ishtirok etmagan, yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalarida 5 marta ishtirok etishgan. Jamoa 4 marta CAF Afrika millatlar kubogi gʻolibi boʻlgan (1963, 1965, 1978 va 1982-yillari) va yana 4 marta kumush medal sohibiga aylanganlar (1968, 1970, 1992 va 2010-yillari). Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati 2010 musobaqasida, Gana jamoasi chorak finalgacha borib uchinchi Afrika davlatiga aylangan edi.
2005-yilgi muvaqqiyatli odimlardan keyin, terma jamoa FIFA tomonidan yilning eng tez rivojlangan terma jamoasi sovrinini qoʻlga kiritdi va keyin ular 2006-yilgi jahon chempionatining 2-roundiga chiqishdi.
Xodimlar Bosh murabbiy Carlos QueirozMurabbiy yordamchisi John PaintsilDarvozabonlar murabbiyi Simon Addo Fatawu DaudaHimoyachilar murabbiyi Samuel KuffourYarimhimoyachilar murabbiyi Stephen AppiahHujumchilar murabbiyi Tony YeboahTexnik koordinator Francis Oti AkentengBosh skout Otto AddoBosh massajchi Samuel AnkomahFizioterapevtlar Colonel Ofosu Anim Ralph FrankBosh psixolog Prof. Dr. Patrick Ofori Bosh doktor Prof. Dr. Adam BabaJihozlar menejeri Ismail AmiduBoshqa xodimlar Anthony Baffoe Ozwald Boateng Soʻnggi maʼlumot: Iyun 2014 Manba: Gana Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy vebsayti
Oʻyinchilar Hozirgi tarkib thumb|right|250px|Qora yulduzlar tarkibi aʼzolari Afrika millatlar kubogi oʻyini oldidan saflanib turishibdi. FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida qatnashgan tarkib. Oʻyin sanasi: 26-iyun 2014 Raqib: Musobaqa: FIFA Jahon chempionati 2014 Futbolchilar ishtiroki va gollar soni: 26-iyun 2014-yil bilan boʻlgan oʻyingacha boʻlgan statistika boʻyicha hisoblandi.
Manbalar
Havolalar
MyGhanaBlackStars.com Gana qora yulduzlari haqida onlayn manba Gana Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy vebsayti Gananing xalqaro oʻyinlari roʻyxati RSSSFda Gana FIFA.comda Ghana - Club profile | Transfermarkt
Turkum:Futbolga oid chala maqolalar Turkum:Milliy futbol terma jamoalari