Ibragimov Alijon Rahmonovich (; 1954-yil 5-iyun, Fargʻona – 2021-yil 3-fevral) – asli kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻistonlik tadbirkorhttp://www.literatura.kg/uploads/ernst_akramov_bio_2.doc.
Biografiyasi
1970-1974-yillarda – Moskva veterinariya akademiyasida va S. Orjonikidze nomli boshqaruv institutida oʻqigan. 1989-yildan Qozogʻistonda biznes boshlagan. 1989—1991-yillarda „Nevada-Semipalatinsk“ tijorat markazi direktori. 1994-1998-yillarda „Yevraziyskiy Bank“ AJ direktorlar kengashi raisi. 2002-yildan – „Kazxrom“ kompaniyasi prezidenti. „Eurasian National Resources Corporation“ (ENRC) hamraisi.
Boyligi Forbes jurnalining 2011-yildagi tahliliga koʻra, uning boyligi 3,7 milliard AQSH dollari miqdorida baholahganWorld’s Billionaires 2011.
Mukofotlari Rossiyaning Hamdoʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Oilasi Oltita oʻgʻli bor. Turmush oʻrtogʻi Muqaddasxon IbragimovaAffiliirovannie litsa Otel „Alatau“. Oʻgʻillari: Doston, Davron, Shuhrat, Furqat, Ergash, Yoldosh.
Manbalar
Turkum:Milliarderlar Turkum:Qozogʻiston milliarderlari