Usmonov Ahmadjon Tugilovich (; 14-yanvar 1957-yil, Samarqand) — 2013-2016-yillarda — Toshkent viloyati hokimiOʻzbekiston Prezidentining Farmoni, 2006-2013-yillarda Andijon viloyati hokimi boʻlgan. Tarjimai hol
Ta'lim 1981-yilda Samarqand davlat universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati 1974—1976-yillarda Jizzax viloyati Oktabr tumani „Uch qahramon“ qishloq kengashining kotibi, 1981—1982-yillarda Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi „Rokosovskiy“ davlat xoʻjaligining yuristi, 1982—1983-yillarda Jizzax shahrining Ichki ishlar boʻlimi katta inspektori, 1983—1990-yillarda Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimining inspektori, uchastka katta inspektori, 1990—1996-yillarda Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, 1996—2001-yillarda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, 2001—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi, 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, 2004—2006-yillarda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2006—2013-yillarda Andijon viloyati hokimi, 2013—2016-yillarda Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. 2016-yil 4-fevralda ishdan olinganhttp://senat.uz/uz/senator/andijan/usmanov-ahmad.html Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2006-2016).
Manbalar
Turkum:Toshkent viloyatining hokimlari Turkum:Andijon viloyatining hokimlari