Dusanov Zohid Abduqayumovich (; 1976-yil 10-iyun, Samarqand viloyati Payariq tumani) – 2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining raisi. Polkovnik.

Biografiyasi 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. 1998—2001-yillarda – Samarqand viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurorining yordamchisi, tuman prokuraturasining tergovchisi. 2001—2002 – Samarqand viloyati prokuraturasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qonunbuzarliklarga qarshi kurash boʻlimi katta tergovchisi, Samarqand viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta tergovchisi. 2002—2005-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bosh boshqarmasi katta tergovchisi. 2005—2006-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori. 2006—2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari – axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi. 2008—2011-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi. 2011-yil 2-fevraldan 2016-yil 20-dekabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bоjхоnа qoʻmitasi raisi. 2016-yildan 2018-yilgacha – Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi. 2012-yildan 2018-yilgacha – Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi Prezidenti[http://customsunion.kz/bio/754/1.html Bojxona ittifoqi saytidagi biografiyasi.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat arboblari Turkum:Toshkentdagi OTMlar bitiruvchilari Turkum:Polkovniklar