Baidu ensiklopediyasi (, pinyin: Bǎidù Bǎikē) — xitoy tilidagi onlayn-ensiklopediya, Baidu qidiruv tizimi tomonidan taʼminlab turiladi. 2006-yil 20-aprelda test rejimida ishga tushirilgach, keyingi uch oy ichida undagi maqolalar soni 90 mingga yetdi va bu koʻrsatkich boʻyicha Xitoycha Vikipediyadan oʻzib ketdi.
Xitoy hukumati talablariga asosan ensiklopediyada siyosiy mavzular senzuralab turiladiBaidu's Censored Answer to Wikipedia (Baiduning Vikipediyaga senzuralangan javobi)..
2014-yil aprel oyi statistikasiga koʻra Baidu ensiklopediyasida 7 milliondan ortiq maqola mavjud, roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni esa 4 milliondan ortiqBaidu ensiklopediyasining bosh sahifasi.
Qoidalari Loyiha yaratuvchilari ensiklopediyani tenglik, hamkorlik va maʼlumotlarni erkin almashish gʻoyalariga asoslanib tuziladigan ochiq internet-ensiklopediya sifatida ifodalashadi.
Maqolalar roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tomonidan yoziladi va masʼul adminstratorlar taqrizidan oʻtgandan soʻnggina chop etiladi.
Quyidagi turdagi mazmundan iborat maqola va fikrlar oʻchiriladi百科协议: pornografiya, zoʻravonlik, daxshatli va qoʻpol mazmun; reklama; siyosiy norozilik; shaxsiy haqorat; madaniyat va axloq qoidalarini buzuvchi mazmun; zararli va spam tarzidagi mazmun.
Oʻsish tarixi SanaMaqolalar soni5.05.200682 78821.05.2006142 2834.08.2006314 83913.12.2006530 63616.01.20081 000 0008.02.20102 000 00012.01.20113 000 00022.11.20114 000 00013.06.20125 000 00015.03.20136 000 000
Manbalar
Havolalar Baidu Baike Site launches 'Chinese Wikipedia' (BBC News)
Turkum:Ensiklopediyalar