Irgʻiz — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe viloyatidagi daryo. Toʻrgʻayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 593 km, havzasining maydoni 31,6 ming km2. Mugʻojar togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat daryo oʻzanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irgʻizning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida shoʻrroq. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha yillik suv sarfi 7,56 m3/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan boʻshaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Водные ресурсы Актюбинской области Топонимика названия реки Иргиз. Башкирская легенда

Turkum:Aqtoʻbe viloyatidagi daryolar Turkum:Qozogʻistondagi daryolar