Chevrolet Malibu — „General Motors“ tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil. Yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi „Malibu“da yangi dizaynerlik ishlanmalari qoʻllangan: ikki sektsiyali Chevrolet radiator panjaralari, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli bejirim orqa faralar shular jumlasidandir.Toshkentda „Chevrolet Malibu“ taqdim etildi

Avtomobil 2,4 litr hajmli, toʻrt silindrli 169 va 263 ot kuchi quvvatiga ega mexanik va avtomat uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini taʼminlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yoʻl qoʻymaydi. „Malibu“ kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan. „Malibu“ oltita xavfsizlik yostiqchasi, bosh va boʻyin qismlarni himoya qiluvchi xavfsizlik pardalari bilan taʼminlagan. ikki seksiyali Chevrolet radiator panjaralari, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli bejirim orqa faralar shular jumlasidandir. Avtomobil 2,4 litr hajmli, toʻrt silindrli 169 va 263 ot kuchi quvvatiga ega mexanik va avtomat uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini taʼminlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yoʻl qoʻymaydi. Malibu kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qoʻshimcha qulaylik yaratadi. Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan.

Manbalar

Turkum:Avtomobillar Turkum:Oʻzbekiston avtomobillari Turkum:AQSh avtomobillari Turkum:Xitoy avtomobillari