Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 3 shaharcha (Yangi Mirishkor, Jeynov, Chandir), 12 qishloq fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston, Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) va 40 mahalla fuqarolar yigʻini bor. Maydoni 3,1 ming km. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 2-oʻrinda turadi. Aholisi 124,100 kishi (2022-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi — Yangi Mirishkor shaharchasi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arablar, turkmanlar, tojiklar, ruslar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005)Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova, Qoʻshmurod Yomgʻirov. „Mirishkor tumani“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Geografiyasi Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.

Tumanning gʻarbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlangan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqiziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultogʻ, Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, hud-hud va boshqa bor. Aholisi

Mahallalar Mirishkor tumani 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topganhttps://gov.uz/mirishkor.

Mahalla nomi MFY raisi 1 Avvona MFY Sherzod Safarov 2 Ayzabod MFY Nodir Aminov 3 Baluj MFY Sanjar Nurillayev 4 Bahoriston MFY Ochil Azizov 5 Barhayot MFY Dilmurod Payanov 6 Baraka MFY Shonazar Hamroyev 7 Boʻston QFY Sunnat Pirqulov 8 Doʻstlik MFY Gʻulomjon Saidov 9 Guliston QFY Bobur Sattorov 10 Gulobod MFY Baxodir Bakirov 11 Gulshanbogʻ QFY Soatqul Moʻminov 12 Istiqlol MFY Erkin Eshmurodov 13 Jeynov MFY Farxod Aliyev 14 Madaniyat MFY Toʻlqin Ataxanov 15 Mirishkor MFY Xilola Axmedova 16 Mirobod MFY Temur Xudoyberdiyev 17 Navbahor QFY Fazliddin Xudoyqulov 18 Navroʻz MFY Mavjuda Yomgʻirova 19 Nurafshon MFY Zafar Karimov 20 Obod QFY Shuxrat Bozorov 21 Obodon MFY Obid Karimov 22 Oltin boshiq MFY Xolmurod Asadov 23 Oqmachit MFY Sanjar Sariqov 24 Pomuq MFY Erkin Nurgeldiyev 25 Qurama MFY Beshboy Sharipov 26 Tinchlik MFY Elmurod Yagmurov 27 Vori QFY Xamidullo Oʻrinov 28 Yangi ariq MFY Axmad Barotov 29 Yangi Jeynov MFY Jamshid Boymurodov 30 Yangi Mirishkor MFY Erkin Niyozqulov 31 Yangi qishloq MFY Maxmud Baratov 32 Yangihayot MFY Farxod Aktamov 33 Yangiobod QFY Xaydar Boboyev 34 Yuksalish MFY Xamroqul Mamatov 35 Zafar MFY Muxiddin Azizov 36 Oʻzbekiston MFY Oʻtkir Qorayev 37 Shirin MFY Bobomurod Sariqulov 38 Shodlik MFY Yoʻlbars Babayev 39 Chamanzor MFY Yoqub Azimov 40 Chandir Oʻktam Xabibov

Moddiy madaniy meros obyektlari Mirishkor tumanida 18 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Arxeologiya yodgorliklari Tumanda jami 9 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Pirmaqalatepa XI—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Koʻhna Foziltepa XI—XVII asrlar Guliston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 3 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Guliston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 4 Rabodtepa XII—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 5 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 6 Oqmachittepa XI—XIII asrlar Oqmachit MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 7 Nomsiztepa XI—XVII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 8 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 9 Qoʻshtepa XII—XIII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari Tumanda jami 6 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Pomuq masjidi XVIII asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Sardoba XIX asr Oltin boshoq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 3 Chor gumbaz masjidi XIX asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 4 Yakka gumbaz masjidi XIV asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 5 Ayvon masjidi XIV asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 6 Chandir masjidi XIV asr Chandir MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan. Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Maqsud Shayxzoda haykali 1986-yil Jenov MFY Jenov qishlogʻi Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida 2 Motamsaro Ona haykali 1985-yil Yangi Mirishkor qishlogʻi Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylar Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joylar milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq 1 Isoq ota maqbarasi XIV asr Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston tumanlari Turkum:Qashqadaryo viloyati tumanlari Turkum:Mirishkor tumani