Tatyana Borisovna Levina (1965.4.9, Andijon) — baydarkachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1985), „Oʻzbekiston iftixori“ (2003). Baydarkaning yakkalik, juftlik va toʻrttalik musobaqalarida Oʻzbekiston chempioni (1981, 1983-1986, 1992, 1993, 1995—1999), spartakiada chempioni (1983, 1986, Moskva), Osiyo chempioni (1997, Sokchxo), Osiyo oʻyinlari kumush (1994, Xirosima) va bronza (1998, Bangkok) medallari sovrindori, jahon kubogi gʻolibi (2003, Zagreb). Levina Andijon pedagogika institutini tugatgan (1989), „Burevestnik“ sport jamiyati yoʻriqchisi (1983—1988), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya sport jamiyatida murabbiy-oʻqituvchi (1988—1993), Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi (1993—2004).
Turkum:Oʻzbekiston baydarka va kanoechilari Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari