Abdulloh ibn Abbos (619-yil, hozirgi Saudiya Arabistonidagi ashshib — 686-yil, at-Toif, oʻsha yerda) — islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad paygʻambarning amakivachchasi.

Musulmon rivoyatlariga koʻra, Abdulloh ibn Abbos rasululloh va sahobalarning qilgan ishlari, aytgan soʻzlari haqidagi hikoyalarni toʻplash (hadislar) maqsadidagi gʻoyani ilk bor ilgari surgan. Abdulloh ibn Abbos nihoyatda ilmli boʻlgani tufayli „Xabr al-umma“ („Jamoa donishmandi“) laqabiga sazovor boʻlgan. Abdulloh ibn Abbos Qurʼonni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar boʻyicha uning oʻzi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad paygʻambarning gʻazotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Islom Turkum:619-yilda tugʻilganlar Turkum:686-yilda vafot etganlar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Muhammadning oilasi Turkum:Basradagi Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Sahobalar