Harbiy sanʼat — quruklik, dengiz, havoda harbiy harakatlar olib borishga tayyorgarlik koʻrish va uni olib borish nazariyasi va amaliyoti; Harbiy sanʼat — harbiy fanniit bir qismi. Zamonaviy Harbiy sanʼatningʻ tarkibiy qismi oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan harbiy strategiya, operativlik sanʼati va taktikayat iborat. Harbiy sanʼat ishlab chiqarishning taraq-qiyot darajasi va ijtimoiy tuzum xarakteri bilan belgilanib, mamlakatning rivojlanish tarixi xususiyatlari, milliy xususiyatlar va anʼanalar, geo-grafik sharoit va boshqa omillarga bogʻliq suratda rivojlanadi.

Qadimda qullar mehnatiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida bir necha oʻn ming jangchidan iborat armiya tuzish imkoni boʻlgan. Aksariyat mamlakatlarda qoʻshinning asosiy turini piyoda askarlar tashkil qilgan. Qad. Sharqdavlatlarida piyoda askarlar va otliq qoʻshindan tashqari jang aravalari, fillar va tuyalarda jang qiluvchi qismlardan ham foydalanilgan. Qurolli kuchlar tarkibi, ularning qurol-yarogʻi strategiya va taktikasini belgi-lagan. Qad. Sharq davlatlari, Hindiston va Xitoyda strategiya dastlab nisbatan qisqa masofalarga qilingan, qisqa muddatli harbiy yurishlar bilan cheklangan. Yunoniston va Qad. Rimgaxos boʻlgan qoʻshinlar taʼminoti yaxshilanishi, zabt etilgan davlatlarning moddiy resurslaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish bilan harbiy yurishlarning muddati uzaya boshlagan.

Antik davr strategiyasi, asosan, urushga tayyorgarlik koʻrish, jang maydoni va vaqtini tanlash, asosiy zarba beriladigan yerni belgilash, qoʻshinlarga rahbarlik qilishda namoyon boʻlgan. Taktikaning taraqqiyoti jangovar tartibning eng sodda shakllaridan qushinlarni yuzma-yuz toʻqna-shuvigacha, jang maydonida qoʻshinlarni murakkab manyovrlarni amalga oshirishlari bilan belgilangan. Yunoniston boshqa Qad. Sharqmamlakatlariga nis-batan yaxshi qurollangan va taʼlim olgan qoʻshinga ega edi; yunonlarning asosiy harbiy kuchini ogʻir qurollangan piyodalar (goplitlar) tashkil etgan, ular shamshir, nayza bilan qurollanib, temir sovutlar kiyishgan. Jangdan oldin qoʻshinlar falanga boʻlib saf tortganlar (qarang Marafon jan-gi). Markazda ogʻir qurollangan piyodalar toʻgʻri toʻrtburchak shaklida jips boʻlib saf tortgan, qanotlarda otliqlar, oldingi qatorda boʻlsa yoyma saf boʻlib yengil piyodalar joylashgan. Falanganing bir qancha ustunliklari boʻlgan. Uning kuchi safning jipsli-gida boʻlib, qarshi tomondan unga deyarli shikast yetkazishning imkoni boʻlmagan. Shu bilan bir qatorda unga ep-chillik yetishmagan. U taʼqib etishga mutlaqo yaroqsiz boʻlib, zarba kuchini oshirishi uchun qoʻshimcha kuchi yoʻq edi. Yunon falangasi faqatgina Sharq mamlakatlarining (mas. Axomaniylar davlati) qoʻpol, yomon taʼlim olgan qoʻshinlari bilan boʻlgan urushlardagina gʻalaba qilgan. Ammo ularga oʻnqirchoʻnqir yerlarda jang qilishga moslashgan Rim qoʻshini bilan toʻqnashishga toʻgʻri kelganda ular magʻlubiyat alamini tortganlar.

Rim imperiyasi qoʻshinining (miloddan avvalgi IV—II asrlar) tashkiliy shakli legi-on edi, u manipulalarga boʻlingan (har bir manipulada 10 qator, har qatorda 12 tadan jangchi), 3 manipula kogortani tashkil qilgan. Kogorta bir, keyinchalik 3 qator boʻlib saf tortgan. Legion qanotlarida yengil qurollangan piyoda askarlar va otliq qoʻshin turgan; bu Rim qoʻshinining manyovr qilish imkoniyatlarini oshirgan. Kar-fagen davlatining sarkardasi Gannibal miloddan avvalgi 216 yildagi Kanna jangit bir paytning oʻzida har 2 qanotdan zarba berish usulini qoʻllab oz sonli kuchlar bilan rimliklarning yirik qoʻshinini toʻliq qurshovga olib tor-mor keltirishga erishgan. Miloddan avvalgi I asrda Rim sar-kardasi Yuliy Sezar shtab tuzgan, jang maydonida qoʻshinlar manyovrini mohirona amalga oshirgan, raqib qoʻshini qanoti va old tomoniga qarshi hal qiluvchi zarba berish uchun kogortaning 3qatoridan foydalangan, bu bilan zaxira barpo etilishini boshlab bergan. Qad. misrliklar, ossuriyaliklar, xitoylar va boshqa xalqlar mustahkam istehkomlar, yoʻllar va koʻpriklar qurishga mohir boʻlishgan. Qad. dunyoning ayrim mamlakatlari olib borgan urushlarda dengiz floti muhim rol oʻynagan, u quruqlikdagi qoʻshinga yordam berib, baʼzan mustaqil harakat qilgan.

Qad. Sharq, Yunoniston, Rim davlatlarida asta-sekin harbiy nazariya vujudga kela boshlagan. chunonchi, Xitoy sarkardasi va mutafak-kiri Sun Szi "Harbiy sanʼat haqida risola"sida harbiy kuchlarni davlatning mustahkamligiga bogʻliq ekanli-gini, vaqt va geografik sharoit omillarning harbiy harakatlar olib borishga taʼsiri, sarkardaning roli, urushga puxta tayyorgarlik koʻrish va raqibning zaif va kuchli tomonlarini oʻrganishning ahamiyati va boshqalarni keltirib oʻtgan. Yunon tarixchilari Fu-kidid, Ksenofont va boshqa oʻz asarlarida urushning borishini bayon qilib, uni tahlil etishga harakat qilganlar. Qad. Rimda Yuliy Sezar "Galliya urushi haqida xotiralar" va "Grajdanlar urushi haqida xotiralar" asarlarida urush va jang olib borish usullarini bayon etgan.

Rim imperiyasi V asrda qulagach, vizantiyada Osiyo va Afrikaning koʻpgina mamlakatlarida ilk oʻrta asr davlatlari vujudga kelgan. Ular qoʻshinining asosiy kuchini xalq lashkarlari, uning negizini esa zodagon druji-nasi tashkil etgan. VIII—IX asrlarda Gʻarbiy Yevropada (Frank davlati) asosiy harbiy kuch ogʻir qurollangan otliqqoʻshin (ritsarlar) dan ibo-rat edi; piyodalar qushinning yerdamchi turiga ailangan. Gʻarbiy Yevropada 11 —XV asrlarda Harbiy sanʼat nihoyatda sekin rivojlangan. Harbiy harakatlar nisbatan oz sonli qoʻshin bilan aniq rejasiz va maʼlum bir jang-ovar safga tizilmay olib borilgan. Faqat diniy-ritsarlik ordenlari qoʻshinlari "pona" va boshqa jangovar saf turlarini qoʻllab ancha tartibli ravishda jang qilganlar. Bu davrda qalʼaqasrlar, mustahkamlangan shaharlar va monastirlar katta harbiy ahamiyat kasb etgan.

Moʻgʻullar qoʻshini (XIII—XIV asrlar) yengil va ogʻir qurollangan otliq askarlardan iborat boʻlib, uzoq maso-faga harbiy yurish qilib, jang may-donida koʻpchilik boʻlib harakat qilgan. Qoʻshin ilgʻor qism, soʻl va oʻng qanot va zaxiradan tashkil topgan.

Markazlashgan ilk yirik davlatlarning barpo etilishi, hunarmandchilik va manufakturalarning rivojtanishi armiyaning tashkil etilishi va qurollanishida tubdan oʻzgarishlarga olib keldi. Armiya tarkibi endilikda urush paitida toʻplanadigan yellanma askarlar hisobiga toʻldiriladigan boʻlgan. XVI asrning 2-yarmidan mutlaq monarxiya davlatlari muntazam yollanma armiyalar tuza boshlashgan. Armiyalarni oʻtsochar qurollarga, jumladan, artilleriyaga ega boʻlishi tufayli jang olib borishning yangi usuli — liniyali taktikani paydo boʻlishiga olib keldi. Unda qoʻshinlar front boʻylab bir tekisda taqsimlanib, uzun qatorlarda saf tortib urushganlar. Liniyalardagi qatorlar (sherenga) miqdori miltiqlarning tez otarligi bilan bel-gilangan. Jangning taqdirini piyodalarning oʻq otish quvvati hal qilgan. XVII asrdagi armiyalarning strategiyasi xususiyati monarxik davlatlar tomo-nidan olib borilayotgan urushlarning cheklangan maqsadlarini koʻzlashida edi.

XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi Buyuk fransuz inqilobi va milliy ozodlik urushlari natijasida harbiy harakatlar olib borish usullarida chuqur oʻzgarishlar roʻy bergan. XIX asrda Gʻarbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida armiyalar tarkibi umumiy harbiy majburiyat asosida toʻldirila boshlagan. Armiyalarning tashkiliy tuzilmasi ham jiddiy oʻzgarishlarga uchragan: doimiy qoʻshin birlashmalarda — murakkab jangovar vazifalarni mustaqil hal eta oladigan diviziyalar va korpuslar barpo etilgan. qurolli kuchlarning soni bir necha marta oshgan. Urush olib borish usullari va xarakteriga qarashlar ham oʻzgargan; jangovar harakatlarning asosiy maqsadi dushman hududi, aloqa iullari va qalʼalarini bosib olish emas, balki uning armiyasini tor-mor keltirish boʻlgan. Chunki dushmanning asosiy kuchlari ustidan hal qiluvchi jangda gʻalaba qozonish gʻalaba qilgan tomonga oʻzi uchun manfaatli sulh tuzish imkonini bergan.

Taktikada ham tub oʻzgarishlar boʻlgan. Jangovar tartibda batalonlar kolonnasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan, batalonlar oldida sochma saf tortgan piyodalar qismi (yegerlar) borgan. Piyodalar hujumini artilleriya va otliq qoʻshin qoʻllab-quv-vatlab turgan. XVIII asr oxiri — XIX asr boshidagi harbiy harakatlar olib borishning yangi usullarini tako-millashtirishda fransuz sarkardasi Napoleon I va rus sarkardasi M.I. Kutuzovpariinx xizmati katta boʻlgan. Mas, Napoleon I artilleriya va otliq qoʻshinni yalpisiga qoʻllashni joriy etgan va jang taqdirini hal etishda zaxiralardan mohirona foydalangan.

XIX asrda temir yoʻllar qurilishi, elektr telegrafi, tutunsiz porox, qirqma toʻp, qirqma miltiqlarning kashf etilishi va bu vositalarni harbiy ishda keng qoʻllanishi (XIX asrning 2-yarmi) strategiya va taktikada muhim oʻzgarishlarga olib kelgan. Qirqma qurollarning paydo boʻlishi oʻt ochish tezligi, uzoq masofadagi nishonni aniq olish imkonini bergan, bu qoʻshinlarni katta talafotlar berayotgan kolonna boʻlib safga tizishdan voz kechib, piyodalarni zanjir safda hara-kat qilishiga olib kelgan. Biroq, Birinchi jahon urushigacha zan-jir saf juda qalin boʻlib, bu holat ogʻir talafotlarga sababchi boʻlgan.

XX asr boshida armiyalarning soni keskin oshgan, ularni katta miqdordagi tez otar toʻp-zam-baraklar, pule-myotlar, miltiqlar bilan qurollantirish imkoni tugʻilgan. Qoʻshinlarni boshqarishda texnik vositalardan foydalanila boshlangan, aloqa yoʻllari rivojlangan va manyovr qilish imkoniyatlari kengaygan. Jangovar harakatlarning yangi shakli — operatsiya shakllana boshlagan. Operatsiya — qoʻmondonlikning yagona maqsadi yoʻlida birlashgan bir yoxud bir necha armiyalar tomonidan olib borilgan janglar majmui. birinchi jahon urushi davrida harbiy operatsiya tushunchasi amaliy va nazariy jihatdan shakllangan. Yangi strategik birlashmalar — frontlar paydo boʻldi; front operatsiyalari oʻtkazila boshlangan. Artilleriyaning tez surʼatlar bilan rivojlanishi, aviatsiya, tanklar va zaharlovchi moddalarning paydo boʻlishi natijasida taktika sohasida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Taktik vazifalar piyodalar, artilleriya, tanklar va muhandislik qoʻshinlarining birgalikda, umumiy harakatlari bilan hal etilgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Harbiy sanʼat yanada taraqqiy etgan. Germaniya urush boshida tank va mexanizatsiyalashgan qoʻshinlardan unumli foydalangan, ularni aviatsiya quvvatlab turgan; qoʻshinlarni boshqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, bu dastlabki davrda fashistlar armiyalarining yirik gʻala-balariga sabab boʻlgan. Biroq Moskva ostonalarida fashistlar sovet qoʻshinlaridan birinchi bor yirik magʻlubiyatga uchraganlar.

Urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish, fan va texnika yutuklari harbiy texnika sohasida yangi kashfiyotlarga olib keldi. 1953-yildan yadro quroli va raketalar bir qancha mamlakatlarning qurolli kuchlariga keng joriy etila boshlandi; qoʻshinlar elektron va boshqa texnika bilan jihozlanadigan boʻldi. Harbiy-desant kuchlari yanada rivojlandi. Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari qurol-aslahalari va tashkiliy tuzilishi keskin oʻzgargan. Harbiy-havo kuchlarida porshenli samo-lyotlar, reaktiv samolyotlar bilan almashtirilgan. Bular Harbiy sanʼatning barcha sohalari: strategiya, operativlik sanʼati va taktikasida tub oʻzgarishlarga olib kelgan. Yadro qurolidan foydalanish ehti-moli urush xarakteriga qarashlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etdi.

Turkiy qavmlar jahondagi eng qad. xalklardan sanalib, ular yashagan hudud faqat hozirgi Oʻrta Osiyoni qamrab olmasdan balki sharqda Tinch okeani, gʻarbda Dnepr va Don daryolariga qadar boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan.