Qayum Ramazon (taxalluslari: Qayum, Oʻktam, Turgʻunboy qori, Ramazon qori) (1900–1938-yil, 10-aprel) – oʻzbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tugʻilgan.
Faoliyati Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) oʻqigan. 1918–21 yillarda oʻqituvchilar tayyorlash kursi va boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi. Abdurauf Fitrat bilan birga “Chigʻatoy gurungi”ni tashkil qilgan va unda kotib boʻlib ishlagan (1919). “Qizil bayroq” va “Turkiston” gazetalarida adabiy xodim (1921–23). Fan qoʻmitasi huzuridagi Til va adabiyot institutida dotsent (1934–37).
Ijodi Qayum Ramazon oʻzbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. “Ona tili” (Fitrat va Shokirjon Rahimiy bilan birga, 1918), “Bilim yoʻllari”, “Yozuv yoʻllari” (1919), 4 kitobdan iborat “Oʻzbekcha til saboqligi” (Munavvarqori va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda, 1925–26), “Yer yuzidagi tillar orasida oʻzbek tili” (1930), “Oʻzbek tilining imlo qoidalari” (1931), “Oʻzbek tilining birlashgan imlo qoidasi” (1934), “Oʻzbek tili ish kitobi” (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935–36) kitoblari muallifi.
Vafoti Qayum Ramazon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida “Xalq dushmani” sifatida otib tashlangan. 1957-yilda oqlangan.
Havolalar https://shosh.uz/uz/qayum-ramazon-2/
Turkum:Oʻzbekiston kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:4-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkent madrasalarida tahsil olganlar