thumb|220px|Edward Victor Appleton Edward Victor Appleton () (1892-yil, 9-iyun, Bradford — 1965.21.4, Edinburg) — angliyalik radiofizik. London qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Kembrij universitetini tugatgan (1914). London universiteti (1924-1936), Kembrij universiteti professor (1936-1939), Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi (1939-1949). Edinburg universiteti rektori (1949-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radiotoʻlqinlarning tarqalishi va soʻnishiga oid. 1924 va 1927-yilda ionosferaning radiotoʻlqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fiziklar Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:6-sentabrda tugʻilganlar Turkum:21-aprelda vafot etganlar Turkum:1965-yilda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari