Shuruppak, Shurippak (hozirgi Fara shahri xarobasi) — Shumerdagi qadimiy shahar. Shumer afsonasiga koʻra, donishmand Ziusudra (bobilcha — Utnapishti, yun. — Ksisutr) vatani boʻlib, u xudoning maslahatiga koʻra, kema qurib toʻfondan omon qolgan. shahridan mil. av. 26 asrga oid xoʻjalik va yuridik hujjatlar hamda oʻquv qoʻllanmalari arxivi topilgan. Mil. av. 3mingʻ yillik oxiriga kelib Sh. oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Shuruppak · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.