Chopovul, chapovul (chopmoq, gʻorat qilmoq) — 1) Temuriylar, Shayboniylar, Oʻrta Osiyo xonliklari qoʻshinida dushman kuchlari yoki qishloq yoxud shaharlariga qoʻqqisdan hujum qilib, uni parokandaga uchratish maqsadida keng qoʻllangan taktik amaliyot; 2) gʻanim harbiy kuchlariga, unga tegishli obʼyektlarga toʻsatdan hujum qilib, oʻlja keltiruvchi suvoriy guruh. Bunday otliq guruh, shuningdek, chopovulchi istilohi bilan ham anglashilgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Chopovul · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.