Chakanda, jirgʻanoq () — jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumi; dorivor va mevali ekin.. Yevrosiyoning iliq iqlimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va Gʻarbiy Sibir, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda daryo sohillari va toʻqayzorlarda chakandaning jumrutsimon turi () hamda u yovvoyi holda oʻsadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir va Noqoratuproq zonalarida madaniylashtirilgan navlari oʻstiriladi. Tabiiy oʻsadigan chakandazorlardan ham keng foydalaniladi. Botanik tavsifi thumb|Yakob Shturmning Deutschlands Flora in Abbildungen kitobidagi botanik illuyustratsiyas. 1796-yil Chakanda yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Boʻyi 2–5 m, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang, osti kumushsimon. Ch. ikki uyli (erkak va urgʻochi daraxtli) oʻsimlik. Bahorda barg chiqarishi bilan gullaydi, shamol yordamida changlanadi. Gullari mayda sargʻish, hidli. Mevasi avgust oxiri—sentyabr boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq yoki sargʻishqizil, taʼmi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar, qand, S va V, Ye, Gʻ guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy bor. Chakanda bachki, parxish hamda qalamchasidan koʻpaytiriladi. Qumliklarni, qirgʻoqlarni, temir yoʻl boʻylarini mustahkamlash, yoʻlaklarni qordan ximoya qilish maqsadida ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, sharbat tayyorlanadi, moy olinadi. Bogʻ va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.bu oʻsimlik mevasi oshqozon ichak kasaliklarini davolash uchun dori tayorlanadi shu jumladan kuygan joylarni davolashda mazlar tayorlanadi. Chakanda (Hippophae rhamnoides L.)– buta yoki daraxt, uzunligi to 10 metragacha. Bu oʻsimlikning shoxlarida 0,5-7 sm tikanlari bor, ular hayvonlardan uni himoya qiladi. Novdalarda ularning mikdori va uzunligi yashash sharoitiga, iqlimni oʻzgarishiga va butalarning shakliga bogʻliq. Tikanlari ikki turda uchraydi: kichik (uzunligi to 0,5 sm gacha), hamma vaqt mevali novdalarning oxirida uchraydi, bir xil paytda novdalarning oʻrta qismida ham uchrashi mumkin. Tikanlarning ikkinchi turining uzunligi 2-7 sm, yozgi novdalarga oʻxshab, koʻrtaklardan bir yillik novdalarda hosil boʻladi, ular oʻzgargan va kalta yozgi novdalarga oʻxshaydi. Hosil boʻlgan yilda tikanlarda barglar ham joylashishi mumkin, yilning oxirida tikanlarning toʻqimalari quriydi .Yosh novdalar va barglari yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Barglari uzunchoq yoki lansetsimon boʻladi, mayda barglarning uzunligi 2-3 sm, eni 0,5 sm, katta barglarining uzunligi to 10 sm, eni 1-1,2 sm Barg ogʻizchalari bargnig ostki tomonida joylashgan. Poʻstloq va novladarning rangi yashil-qoʻngʻir, qoʻngʻir va qora boʻlishi mumkin. Barglarning ustki qismida toʻq yashil tukchalar boʻladi, bargni ostki qismi och yashil rangda yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Chakanda-ikki oʻyli buta, chunki gullari har xil oʻsimliklarda joylashgan. Erkak va urgʻochi gullar yosh novdalarda aralash koʻrtaklarda barglar orasida hosil boʻladi. Chakanda novdalarida vegetativ va aralash koʻrtaklar joylashgan boʻladi. Vegetativ koʻrtaklar asosan yosh meva hosil qilmagan oʻsimliklarda hosil boʻladi. Ular aralash koʻrtaklarga nisbatan kichikroq boʻladi. Meva hosil qiladigan oʻsimliklarda aralash koʻrtaklar paydo boʻladi. Ularning shakli har xil boʻladi va oʻsimlik jinsiga bogʻliq. Erkak oʻsimliklarning kurtaklari, urgʻochi oʻsimliklarnikiga nisbatan kattaroq. Urgʻochi oʻsimliklarning gullari yakka-yakka barglar orasida joylashgan. Erkak oʻsimliklarning gullari esa 2-8, bir xil paytda 10-12 gullardan tuzilgan . Mevasi Chakanda mevasining shakli har xil boʻladi, ularning 100 donasini ogʻirligi 4 g to 80-100 grammgacha boʻladi. Mevasining ogʻirligi to 0,3 grammagacha boʻlsa, mayda boʻlib hisoblanadi, 0,3-0,6 grammgacha oʻrtacha va 0,6 grammagacha katta boʻlib hisoblanadi. Mevalarning shakli sharsimon, ovalsimon va silindsimon boʻlishi mumkin. Rangi sariqdan to qizgʻichgacha. Meva poyalari 1–8 mm gacha. Mevaning magʻzida urugʻ joylashgan boʻladi u yakka boʻlib uzunchoq yoki ovalsimon boʻladi, 1000 urugʻining ogʻirligi 12-20 gramm va 1 grammida 55-85 urugʻ kiradi. Urugʻlar kungir rangda yoki qoramtir boʻlishi mumkin. Chakandaning ildiz sistemasi qalin ipsimon ildizlardan tashkil topgan, ular oʻtkazuvchi vazifasini bajaradilar. Ildizlarda sharsimon tugunaklar joylashadi. Ular bir yillik oʻsimliklarda paydo boʻladi va keyinchalik yon ildizlarida joylashadi. Bunday tuganaklar yordamida chakanda atmosferadagi azotni fiksasiya qiladiChakandaning oʻtkazuvchi ildizlarida tinch holatdagi koʻrtaklar joylashadi va qulay sharoitda ildiz oʻsimtalari hosil boʻladi. Ular yordamida tabiiy sharoitda chakanda kurtinalari hosil boʻladi. Tabiiy sharoitda chakanda ildiz sistemasini tuzilishiga va tarqalishiga tuproqning mexanik tarkibi va namligi taʼsir etadi. Qumli tuproqlarda ildizlar eniga 12 metr radiusda tarqalishi mumkin. Chakanda — har xil jinsli, ikki uyli oʻsimlik, urgʻochi va erkak gullari har xil oʻsimliklarda shakllanadi. F. D. Qobulova maʼlumotlariga binoan erkak oʻsimliklari uchinchi yilda rivojlanib, koʻrtaklar kattaligi va oʻsimliklarning balandligi boʻyicha urgʻochi oʻsimliklardan farq qiladi: erkak oʻsimlik 30 sm urgʻochi oʻsimliklardan baland boʻladi. Urgʻochi oʻsimliklarda vegetasiya oxirida novdalarning miqdori 75 teng boʻladi, erkak oʻsimliklarda esa — 83. Uchinchi yilda chakanda gullaydi. Erkak oʻsimliklari urgʻochi oʻsimliklarga nisbatan oldinroq gullab, gullashi bir necha kun koʻproq davom etadi. Erkak oʻsimliklarda gullash paytida novdalarning oʻsish kuzatilmaydi va barglar umuman koʻrinmaydi. Bu davrda urgʻochi oʻsimliklarda barglar rivojlana boshlaydi. Chakanda mevasi shirali boʻladi Chakanda qulay sharoitlarda katta toza chakandazorlarni hosil qiladi. Bu chakandazorlarning markazida bitta asosiy buta joylashib, atrofida hamma tomonga qarab, balandligi pastroq boʻlgan butalar joylashadi. Koʻpgina paytlarda chakandazorlar bir jinsli boʻladi, aralash holatda ham uchrashi mumkin, bunnday joylashish urgʻochi oʻsimliklarni changlanishiga qulay boʻladi. Chakandaning yashash sharoiti ularning hayotini uzunligiga taʼsir etadi. Issiq iqlim sharoitlarida chakanda daraxt shaklida boʻlib, uning balandligi to 15 metrgacha boʻladi, sovuq iqlimda esa chakandazorlarda kalta butalar keng tarqalgan boʻladi, ularning hayotining uzunligi 15-20 yilga teng boʻladi. Baykal sharoitida 34-36 yoshli erkak oʻsimliklari uchraganligi aniqlangan. Tunkin vodiysida chakandaning past boʻyli shakllari tarqalgani aniqlangan, ularning balandligi 120-140 sm teng boʻlib, hayoti 10-12 yilni tashkil etadi. Erkak oʻsimliklari urgʻochi oʻsimliklarga nisbatan 5 yil koʻproq yashaydilar .Har xil tashqi sharoit taʼsirida va uzoq moslashish natijasida chakandaning iqlim tiplari shakllangan, ular bir-biridan morfologik belgilar bilan farq qiladi. N. N. Yakovlev-Sibiryak birinchi boʻlib, chakandaning 4 boʻlgan: sibir, qozogʻiston, oʻzbekiston, kavkaz tiplari. U.Rousi esa chakandaning klassifikasiyasini tuzib, uning 9 turi borligini koʻrsatgan, ularga quyidagilar kiradi: daryooldi, jumratsimon, karpat, kavkaz, turkiston, mongol, xitoy, yunnan, djangzen .J. I. Gatin uchta turga boʻlgan: altay, sayan, tyan-shan. Samarqand viloyatida tarqalgan chakanda tyan-shan yoki uzbekiston tipiga kiradi. Jumratsimon chakanda — yovvoyi mevali oʻsimliklar qatoriga kirib, juda ham keng qoʻllanadi. Birinchi boʻlib, bu oʻsimlikni Feofrast, Dioskorid va Pliniylar ishlarida keltirilgan. Bu oʻsimlikning ilmiy nomi Hippophae rhamnoides grekcha soʻzlardan kelib chiqqan, masalan hippos (ot), phae (yaltiroq). Bu oʻsimlik keng veterinariyada ishlatilgan, greklar bu oʻsimlikni barglarini va yosh novdalarini otlarni oziqlanishida ishlatganlar. Otlar chakanda taʼsirida tezda sogʻlom boʻlgan. Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. P. S. Pallas XUSh asrda chakanda mevasini tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi koʻp mikdorda isteʼmol qilib, ulardan jele, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar. X1X asrda chakandani yaxlangan holatda isteʼmol qilganlar. Nordonligini pasaytirish uchun unga shakar qoʻshilgan va kisel, varenye, pastila, vino tayyorlaganlar. Chakanda mevalari Mongoliyada ham keng qoʻllanadi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda yogʻi tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi. Mevalaridan kisel, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar. Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali oʻsimlik boʻlib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bogʻdorchilikda ham qoʻllanadi. Chakanda tirik devor boʻlib ham ishlatiladi. Yogʻochidan koʻpgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yogʻochi qattiq, chiroyli boʻladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtir boʻyoqlar tayyorlanadi. Chakanda mevalarining neytral suvli eritmasidan boʻyoqlar tayyorlanadi, ular gazmollarni sariq va yashil ranglarga boʻyaydi. Chakanda qadim zamonlardan shifobaxsh oʻsimlik sifatida ishlatiladi. Gresiya, Xitoy, Rim, Mongoliya qadimgi xalq tabobatida chakanda oʻpka, jigar, oshqozon, suyak kasalliklarida ishlatilgan. Sibir sharoitida chakandadan dizenteriya, teri kasalliklari, revmatizmga qarshi shifobaxsh moddalar tayyorlaganlar. Koʻpgina kadimiy tibbiy asarlarda chakanda oʻpka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashkari chakanda preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam beradi, mevalari tomoq kasalliklarini yoʻqotishga yordam beradi. Hozirgi kunda chakandaning shifobaxsh xususiyatlari katta ahamiyat berilmokda, shuning uchun mevalarining kimyoviy tarkibi turlicha oʻrganilayapti. Chakanda — kam kaloriyali oʻsimlik boʻlib hisoblanadi, uning 100 gramm