Xersberg, (Herzberg) Gersberg Gerxard (1904—99) — kanadalik fizik-kimyogar va fizik. Kelib chiqishi nemis, 1935-yildan Kanadada. Darmshtat texnologiya institutini tugatgan (1928). Milliy tadqiqot markazida ishlagan (1949). Ilmiy ishlari atom va molekulyar spektroskopiya sohalariga doir. Koʻpgina molekulalar va erkin radikallarning spektrlarini tadqiq etgan, ularning elektron strukturasini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1971)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:Fiziklar Turkum:1904-yilda tugʻilganlar Turkum:1999-yilda vafot etganlar Turkum:25-dekabrda tugʻilganlar Turkum:3-martda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari