Xatin — Belarus Respublikasining Minsk viloyati Logoy rayonidagi sobiq qishloq. U 1943-yilda nemis fashistlari tomonidan aholisi (149 kishi, shu jumladan, 75 bola) bilan birga yoqib yuborilgan. 1969-yil qishloq oʻrnida Xatin memorial meʼmoriy haykaltaroshlik majmuasi („Xatin bongi“), „Qishloklar qabristoni“, „Xatin tutuni“, memorial lavhali va mangu olovli „Xotira maydoni“, „Boʻysunmagan odam“ haykali bunyod etilgan (meʼmorlar: Yu. M. Gradov, V. P. Zankovich, L. M. Levin, haykaltorosh S. I. Selixanov).
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xatin · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.