Fudziyama, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulqon, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio shahridan taxminan 100 km janubi-gʻarbda bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708-yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning "muqaddas togʻi". Turistlar koʻp boradi.

Galereya

220x124px|thumb|Fudzi tog'idan ko'rilgan quyosh chiqishi

Turkum:Vulqonlar