Togʻtol (Salixcutifolia) — toldoshlar oilasiga mansub, yirik buta yoki pakana daraxt. Tabiiy holda Sibir, Oʻrta Osiyo va Shimoliy Kavkazda usadi. Shoxchalari egiluvchan, rangi qizgʻishqungʻir yoki qizil; barglari ensiz nashtarsimon, uchi ingichka, uz. 10— 15 sm, eni 0,7—1,2 sm, tuksiz, toʻq yashil, yaltiroq, bandi sargʻishqizil. Mart—aprelda gullaydi, soʻng barg yozadi. Kuchalasi oq tuklar bilan krplangan. T. issiq va sovuqqa chidamli, yer tanlamaydi. Qalamchasidan koʻpaytiriladi. Manzarali va ihota daraxt sifatida koʻp ekiladi. Poʻstlogʻida oshlovchi modda — tannin bor (qarang Tol),
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Togʻtol · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.