STATIKANING „OLTIN QOIDASI“ — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm (richag, blok va boshqalar)lardan foydalanib, biror ish bajarishda kuchdan necha marta yutilsa, masofadan shuncha marta yutqazilishini ifodalaydigan qoida. Bu qoidani oddiy mashinalargagina tatbiq etish mumkin. Mas, yuk richag yordamida koʻtarilsa, richagni harakatga keltiruvchi kuch, odatda, kichik boʻladi, lekin shu kuch qoʻyilgan nuqtaning siljishi esa katta boʻladi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Statikaning oltin qoidasi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.