Nasriddin Abrorovich Sirojiddinov (1932.19.1, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Kimyo fanlari doktori (1974), professor (1981). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1956). Novgorod viloyati "Proletariy" chinni zavodida bosh teplotexnik (1956—58), Toshkent izolyator zavodida sex boshligʻi (1959—60). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti ilmiy xodimi (1963—75), Silikatlar kimyosi laboratoriya mudiri (1975—96), ayni vaqtda direktor muovini (1975— 91), yetakchi ilmiy xodim (1996—99). Asosiy ilmiy ishlari yuqori tralarda suyuklanadigan murakkab oksid birikmalar va silikat materiallar kimyosiga oid. S. ishkrriyer metallarning alyumosilikatlari va ularning gallogermanatli analoglarini sintez qilish jarayonidagi qattiq fazalararo reaksiyalar, ulardagi izomorfizm va geterogen muvozanatni oʻrgangan, ilk bor fazaviy muvozanat diagrammalarini tuzgan.

Manbalar

Ishqoriy-yer metallarining alyuminatlari va gallatlari (hamkorlikda), T., 1986; Silikat materiallarning xossalarini tartibga solish (hamkorlikda), T., 1987; Xiralashtirilgan titan saqlovchi sirlar (hamkorlikda), T., 1988.

Turkum:Kimyogarlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari