thumb|210px|right|Glenn Theodore Seaborg (1964)

Glenn Seaborg (1912.19.4, Ishpeming, Michigan shtati – 1999.25.2) — amerikalik fizik va kimyogar, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1948). Los Anjeles universitetini tugatgan (1934). Kaliforniya universitetida ishlagan (1937-yildan; 1945-yildan professor, 1958–61 yildan prezidenti). 1942–46 yillarda Chikagodagi Metallurgiya laboratoriyasida, 1954–61 va 1971-yildan Berklidagi Radiatsion laboratoriyaning ikkinchi direktori. 1961–71 yillarda AQSH atom energiyasi boʻyicha komissiya raisi. Ilmiy ishlari radiokimyo, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Edwin McMillan bilan hamkorlikda plutoniyni sintez qilgan (1940–41), boshqa olimlar bilan hamkorlikda ameritsiy, Kyuriy (1944), Berkliy (1949), Kaliforniy (1950), eynshteyniy (1952), fermiy (1953) va Mendeleyeviyni (1955) ochgan. Keyingi yillarda ancha ogʻir elementlarni sintez qilishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1951; Edwin McMillan bilan qamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:1999-yilda vafot etganlar Turkum:19-aprelda tugʻilganlar Turkum:25-fevralda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari