thumb|220x220px|Turkiston general-gubernatorligi, 1869-yil. Sato (forscha: سه تار — „setor“ soʻzining buzilgan shakli) — qadimiy nay tanburning oʻzi, yaʼni hozirgi tanburning kamon bilan chalinadigan turi.

Tarixi Sato oʻzbek, tojik, uygʻur, eron, afgʻon xalqlarida tarqalgan boʻlib, boshqa cholgʻular qatori bir necha asrlar oldin paydo boʻlgan degan taxminlar mavjud. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan boʻlib, u oʻz risolasida kamonchali tanbur-sato haqida ibratli mulohazalar bildirgan, hamda inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan.

Tuzilishi Sato torli musiqa cholgʻulari guruhida kiradi. Tashqi koʻrinishidan esa tanburga oʻxshaydi. Uning kosasi tut, oʻrik, yongʻoq kabi daraxtlarning yogʻochidan oʻyilib yasaladi va umumiy uzunligi 110-120 smgacha boʻladi. Kosasi tanburga nisbatan kattaroq va yupqaroq, qopqogʻi kengroq boʻladi. Satoda 4 ta asosiy (metall-latun) tor va 4 ta aks-sado beruvchi tori boʻladi. Oʻrtadagisi ikki yonidagilarga nisbatan kvarta, kvinta, baʼzida sekunda oraligʻida sozlanadi. Ulardan tashqari, yon quloqlarga tortiladigan aks sado beruvchi 11 tagacha yordamchi torlari mavjud Satoda, odatda, kuychan, ohangdor asarlar turli nolish va qochirimlar bilan boyitilib ijro qilinadi

Ijro etilishi Satoning pardalari baland, torlari esa boʻsh taqilganligi sababli unda glissando va vibrato kabi melizmlarni ijro qulay hisoblanadi.

Ayrim sozandalar tanburni ham sato sifatida kamon bilan yoki, aksincha, satoni tanbur sifatida noxun bilan chalishadi. U hozir turli oʻzbek cholgʻu ansambllarida hamda yakkaxon cholgʻu sifatida keng qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Ijrochilari Sato ijrochilaridan Maʼrufjon Toshpoʻlatov, Turgʻun Alimatovlar kabi mohir sozandalari oʻtgan. Hozirgi kunda Mahmudjon Tojiboyev, Toyir Qoʻziyev, Abror Zufarov kabi sozandalar mavjud.

Tasvirlari

Manbalar

Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Oʻzbek cholgʻu asboblari Turkum:Torli musiqa cholgʻu asboblari Turkum:Torli musiqa asboblari Turkum:Kamonli musiqa asboblari __INDEKS__