Sarangiy — torli kamonli qoʻbizga oʻxshash hind musiqa cholgʻu asbobi. Dastasi kalta, kosasi teri bilan qoplanadi. Kvarta-kvintaga sozlanadigan 3-4 asosiy torlaridan tashqari 11-15 qoʻshimcha (akssado beruvchi) torlari mavjud. Sarangiyning sadolanishi kuchsizroq boʻlsada, mayin va yoqimlidir. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambllarda qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Hind musiqa asboblari