Georgiy Saakadze (taxminan 1580, Peli qishlogʻi — 1629-yil, 10-mart) — gruzin siyosat arbobi, sarkarda. 1608-yil Tbilisi mauravisi (hokimi). Gruziyani birlashtirish maqsadida kurash olib borgan, levin saroy fitnasi natijasida Eronga ketishga majbur boʻlgan. 1620-yil Eron shohi Abbos I yordamida Kartli podsholigining amaldagi hukmdoriga aylangan. 1623-yil Kartli va Kaxetida Saakadze rahbarligida Eronga qarshi yirik qoʻzgʻolon koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar 30 minglik Eron qoʻshinini tormor keltirishgan. Lekin 1625-yil jangda magʻlub boʻlishgan. Saakadze bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan. 1628-yil Saakadze qoʻshinlari tormor keltirilgach, Turkiyaga qochgan va oʻsha yerda oʻldirilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1629-yilda vafot etganlar Turkum:Safaviylar sarkardalari Turkum:1850-yilda tugʻilganlar