Orif Hakimovich Rasulov (1908-yil, 11-dekabr, Qoʻqon — 1975.14.2, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), professor (1970). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1933—1937), Oʻzbekiston prokurorining yordamchisi, keyinchalik oʻrinbosari (1937— 42). Ikkinchi jahon urushi yillari armiyada siyosiy ishlarda, soʻng harbiy prokuror (1942—1945). Toshkent yuridik institutida, Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetida dotsent, kafedra mudiri (1948—1973). R.ning ilmiy ishlari huquq tarixi va jinoyat huquqiga bagʻishlangan"Rasulov Orif Hakimovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:14-fevralda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar