Puebla, Puebla-de-Saragosa — Meksikadagi shahar, Meksika togʻligining jan.da, oʻrtacha 2150 m balandlikda. Puebla shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,34 mln. kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Mamlakatning eng muhim toʻqimachilik (ip gazlama va jun) sanoati markazi. Koʻn-teri, sement, keramika, oziq-ovqat sanoati, metallsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi rayoni (agava, shakarqamish, kunjut) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-tlar, mu-zeylar bor. Shaharga 1531-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan XVI—XVIII asrlarda qurilgan sobor, cherkov va boshqa saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar