thumb|200px|right|Prometheus Brings Fire by Heinrich Friedrich Füger. Prometheus brings fire to mankind as told by Hesiod, with its having been hidden as revenge for the trick at Mecone. Prometey — yunon mifologiyasidagi maʼbudlardan biri. Rivoyatlarga koʻra, u Olimp togʻida yashovchi maʼbudlardan olovni oʻgʻirlab, uni insonlarga bergan. Buning uchun Zevsning buyrugʻi bilan qoyaga kishanlangan va ogʻir jazoga duchor qilingan. Har kuni burgut kelib, uning jigarini choʻqigan, biroq jigar kechasi yana qayta tiklangan. Keyinchalik Gerakl Prometeyni ozod qilib, burgutni oʻldirgan.
Prometey obrazi adabiyot, tasviriy sanʼat va musiqada keng aks ettirilgan. U Volter, I. V. Gyote, J. Bayron, P. B. Shelli va L. Meshterxazi kabi ijodkorlarning asarlarida, shuningdek, L. Betxoven va A. N. Skryabinning musiqiy asarlarida tasvirlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Manbalar
Turkum:Mifologik qahramonlar